Galaxy S9+ raqobatchisi – Sony flagmani Geekbench’da ko‘rindi

  •   DiMaX
  •  1197
  •  23.12.2017 15:48

Galaxy S9+ raqobatchisi – Sony flagmani Geekbench’da ko‘rindi

Sony kompaniyasi birinchilar qatorida Snapdragon 845 protsessori bazasida smartfon taqdim etadigan ko‘rinadi. Geekbench ma’lumotlar bazasida uning H8266 raqamli qurilmasi testdan o‘tgani shundan dalolat berayotir, deb yozadi gizchina.com.

O‘QING: Sony "orzu-smartfoni"ni tayyorlamoqda

Ushbu benchmarkda ko‘rsatgan natijalariga qarab, uning Xperia XZ turkumiga mansub flagman ekanini bilish mumkin.

Gadjetning yakka yadroli sinovda 2393 ball, ko‘p yadroli testda esa 8300 ball to‘plagani alohida e’tirofga loyiq. Zero, bu natijalar Samsung Galaxy S9 Plus modelining yaqinda namoyon etgan ko‘rsatkichlariga juda yaqin kelgan. Aftidan, Qualcomm’ning yangi protsessori o‘z kuchini ko‘rsata boshlagan.

O‘QING: Samsung’ning taqdim etilmagan bu smartfoni Geekbench’da eng yuqori ball to‘pladi!

Yapon kompaniyasining H8266 raqamli flagman uchun operatsion tizim sifatida Android 8.0 Oreo talqini tanlangan. Bu modelning qanday nomlanishi hozircha noma’lum. Hali taqdim etilmagan mazkur devays ilg‘or Snapdragon 845 protsessoridan tashqari, 4 gigabayt hajmli tezkor xotiraga hamda 1920x1080 pikselli ekranga ham ega.

Ushbu gadjet CES 2018 yoki MWC 2018 ko‘rgazmasida namoyish etilishi kutilmoqda. U xususida hozircha boshqa ma’lumot chiqmagan.

O‘QING: Jozibador Sony Xperia Alpha sizni maftun qiladi (foto)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.