Galaxy S9+ tannarxi hisoblandi: insof ham kerak-da, Samsung!

  •   DiMaX
  •  8247
  •  15.03.2018 18:20

Galaxy S9+ tannarxi hisoblandi: insof ham kerak-da, Samsung!

Samsung kompaniyasi yaqinda o‘zining Galaxy S9 hamda S9+ flagmanlarini taqdim etdi. Ularning funksiyalari, xususiyatlari bilan bir qatorda, narxi ham yuqori. Xo‘sh, aslida, shu modellarga mansub smartfonlarning tannarxi qanchaga tushadi?

O‘QING: iPhone X tannarxi hisoblandi: qiymatning 74 foizi Apple’ning foydasi ekan!

TechInsights kompaniyasi mutaxassislari bu masalaga jiddiy yondashishdi va Samsung Galaxy S9+ smartfonini qismlarga ajratib, butlovchi qismlarining narxlarini hisoblashdi. Aniqlanishicha, 840 AQSh dollari narxida savdoga chiqarilgan bu modelning tannarxi aslida 379 AQSh dollariga teng ekan! Bu – janubiy koreyalik texnogigant mazkur smartfoniga ikki baravardan oshiq narx qo‘yib sotyapti, deganidir!

Bilamizki, Galaxy S9+ modeliga qo‘sh modulli asosiy kamera o‘rnatilgan. TechInsights ma’lumotlariga ko‘ra, ularning texnik ta’minoti jami 48 dollarga tushar ekan.

O‘QING: Galaxy S9 olsammi yoki S9 Plus – "Malika"da yana bosh qotdi!

Galaxy S9+ smartfonining eng qimmat qismi – 6,2 dyuymlik OLED-displeyi bo‘ladi. Mutaxassislar uni 72,50 dollarga baholashdi. Taqqoslash uchun aytib o‘tish kerakki, Note 8 hamda S8+ modellaridagi xuddi shunday displeylar tegishlicha 82 va 78,50 dollarga tushgan.

Yangi flagmandagi yakka kristalli Samsung Exynos 9810 tizimining narxi 68 dollar, xotira esa 51 dollarga baholangan.

Nima ham derdik, yetakchi brendlar o‘z qurilmalarini tannarxidan ancha yuqori baholashlari yangilik emas. Quyidagi maqolamizda shunga batafsil to‘xtalib o‘tilgan:

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!