Galaxy S9 va S9 Plus yo‘l oxiriga kelishdi

Galaxy S9 va S9 Plus yo‘l oxiriga kelishdi

Samsung o‘zining Galaxy S9 va S9 Plus smartfonlarini nomini mobil qurilmalari xavfsizligi sahifasidan olib tashladi. Bu ikki mobil qurilma uchun qo‘llab-quvvatlash tugatilganligini bildiradi va endilikda bu ikki modeldagi smartfonlar dasturiy ta’minot yangilanishini olmaydilar, shu yilning mart oyidagi xavfsizlik yangilanishi esa ular uchun eng oxirgisi bo‘ldi.

Buni hech qanday ajablanarli joyi yo‘q, chunki kompaniya 2018-yilda taqdim qilgan flagmanlari uchun faqat to‘rt yillik qo‘llab-quvvatlashni taklif qilgan edi xolos. O‘tgan yili Samsung ikkala telefonni ham choraklik yangilanish jadvaliga o‘tkazgandi va bu Samsung telefonlari orasida dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlashning so‘nggi yiliga kirayotganligini anglatadi.

Galaxy S9 seriyasi qutidan Android 8.0 Oreo bilan chiqqan edi va 2020-yil oxirida One UI 2.5 sifatida Android 10 ga asoslangan so‘nggi dasturiy ta’minot yangilanishi qabul qilgan edi.

O‘QING: Galaxy S smartfonlari tarixida katta o‘zgarish

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!