Galaxy smartfonlari ham sun'iy yo'ldoshga ulanish xususiyatiga ega bo'ladi

Galaxy smartfonlari ham sun'iy yo'ldoshga ulanish xususiyatiga ega bo'ladi

Sentabr boshida taqdim qilingan Huawei Mate 50 seriyasidagi smartfonlar sun'iy yo'ldoshga ulanish xususiyatiga ega bozordagi eng birinchi smartfonlar bo'ldi. Undan keyin esa Apple'ning uzoq mish-mish qilingan iPhone 14 smartfonlari ham xuddi shunday funksiya bilan taqdim qilindi. Navbat esa Samsung kompaniyasiga kelgan ko'rinadi.

PhoneArena nashrining Ricciolo bergan ma'lumotlarga asoslanib xabar berishicha, Samsung Galaxy smartfonlari ham favqulodda holatlarda sun'iy yo'ldoshga ulanish xususiyatiga ega bo'ladi. Biroq, bu qachon, qaysi avlod Galaxy'lariga qo'shilishi noma'lum. Aytish mumkinki, boshqa kompaniyalardan ortda qolmaslik uchun Samsung navbatdagi Galaxy smartfonlari, Galaxy S23 seriyasiga ushbu xususiyatni qo'shishi mumkin.

Sun'iy yo'ldoshga ulanish xususiyati uyali aloqa signali mavjud bo'lmagan hududlarda ham qo'ng'iroqni amalga oshirish yoki SMS yuborish imkonini beradi. Apple'ning yangi avlod iPhone'larida bu xususiyat noyabr oyidan boshlab faqat AQSh va Kanada hududlarida GlobalStar sun'iy yo'ldoshlari bilan ishlay boshlaydi. 

Apple'dan oldin, birinchi bo'lib sun'iy yo'ldoshga ulanish xususiyatiga ega smartfon taqdim qilgan Huawei'ning Mate 50 smartfonlari esa Xitoyning global BeiDou sun'iy yo'ldoshlariga ulanish bilan aloqa yo'q joylarda ham qisqa xabarlar yuborish imkonini yaratadi.

Samsung qaysi kompaniya sun'iy yo'ldoshlaridan foydalanishi hozircha noma'lum, lekin mish-mishlar ko'ram bu Ilon Maskning Starlink kompaniyasi bo'lishi mumkin.

O'QING: Honor X40 smartfoni taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!