Galaxy Tab S8, S8+ hamda S8 Ultra planshetlari taqdim etildi

Galaxy Tab S8, S8+ hamda S8 Ultra planshetlari taqdim etildi

Galaxy S22 seriyasi uchta: S22, S22+ va S22 Ultra modellaridan iborat. Samsung ushbu nom strategiyasini Galaxy Tab S8 seriyasiga ham qo‘lladi. 

O‘QING: Samsung Galaxy S22 Ultra taqdim etildi: Note dizaynidagi S smartfon 

Yangi planshetlar falgaman darajada bo‘lib, Tab S8 Ultra ularning eng kuchlisi.

Galaxy Tab S8 Ultra 

Seriyadagi eng katta va eng kuchli planshet Tab S8 Ultra bo‘lib, unga 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 2960x1848p rezolyutsiyadagi 14.6 dyuymli Super AMOLED displeyi o‘rntilgan. 

Xuddi Apple qurilmalari kabi planshet displeyining yuqori qismida selfi kamera o‘rin olgan chyolka panel joylashgan. 

Samsung ushbu modelning korpus qalinligini 6.3 millimetrga qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan. Ikkita 12MP selfi kamera old paneldan o‘rin olgan bo‘lsa, orqa panelga 13MP asosiy hamda 6MP ultrakeng kameralar joylashgan. Asosiy hamda selfi kamera 4K formatda video yozish imkoniyatiga ega. 

S8 Ultra plansheti to‘rtta AKG dinamiklari hamda optik barmoq izi skaneri bilan jihozlangan. Barcha modellar S Pen stilusiga ega. Planshetning korpusi alyuminiydan ishlangan bo‘lib, Samsung'ning ta’kidlashicha, bu oldingi modellarning korpusidan ko‘ra chidamliroq. 

Snapdragon 8 Gen1 chipi planshetning ravon ishlashiga javob beradi. Qurilmaning 8/12/16GB tezkor hamda 128/256/512GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan turlari mavjud. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish imkoniyati yaratilgan. 

Planshet Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Unda Clip Studio Paint kabi ilovlar bo‘lib, u orqali Galaxy S22 Ultra'ni planshetga bog‘lash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Tab S8 qurilmalari Wireless DeX funksiyasiga ega. Ushbu funksiya planshetni noutbuklarga ulash imkonini beradi. 

Tab S8 Ultra modeli 45 vattda quvvat oluvchi 11,200 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Uning narxi 1,159 dollardan boshlanadi. 

Galaxy Tab S8 va Tab S8+ 

Agar 14.6 dyuymli Tab S8 Ultra'ni katta yoki qimmat desangiz, 11 dyuymli Tab S8 yoki 12.4 dyuymli Tab S8+ modellarini tanlashingiz mumkin. Ushbu planshetlar ham Ultra model kabi Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan hamda ularning ham korpusi alyuminiydan ishlangan. 

Tab S8 modeliga 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 2560x1600 piksel rezolyutsiyadagi 11 dyuymli LTPS TFT displeyi o‘rnatilgan. 

Tab S8+ esa 120Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘lgan 2800x1752 piksel rezolyutsiyadagi 12.4 dyuymli Super AMOLED displeyi bilan jihozlangan. 

Oddiy model yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri, Plus model esa displey ostida joylashgan optik barmoq izi skaneriga ega. Ikkala model ham ikkita 12MP selfi kamera hamda orqa panelda joylashgan 13MP asosiy va 6MP ultrakeng kameralar bilan jihozlangan. 

Planshetlar Ultra model kabi to‘rtta AKG dinamiklari va S Pen stilusiga ega. Ularning 8/12GB tezkor hamda 256/512GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan turlari mavjud bo‘lib, barchasi Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Ikkala model 45 vattda quvvat olsa-da, ularning akkumulyatori hajmi turlicha. Tab S8 modeli 8,000 mAs, Tab S8+ esa 10,900 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Tab S8 planshetining narxi 700 dollardan, Tab S8+ modeliniki esa 900 dollardan boshlanadi. 

O‘QING: Galaxy S22 va S22+ smartfonlari taqdim etildi