Galaxy Tab S8 seriyasi planshetlarining texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy Tab S8 seriyasi planshetlarining texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasi 9-fevral sanasida Galaxy S22 smartfonlari hamda Galaxy Tab S8 planshetlarini taqdim etadi. 

Bir necha kun oldin insayder Evan Blass S22 smartfonlarini rasmiy renderlarini taqdim etgan edi. Endi esa u Galaxy Tab S8, S8+ hamda S8 Ultra planshetlarining displeyi, akkumulyator hajmi, korpus o‘lchamlari hamda qadoq tarkibi haqida ma’lumot bermoqda. 

Galaxy Tab S8 Ultra plansheti 120Hz chastotada ishlovchi 2960x1848 piksel rezolyutsiyadagi 14.6 dyuymli Super AMOLED displeyga ega bo‘ladi. Uning korpus o‘lchamlari 326.4x280.6x5.5 mm, og‘irligi esa 728 grammni tashkil qiladi. 

Qurilma Snapdragon 8 Gen1 chipi va 45 vattda quvvat oluvchi 11,200 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Uning qutisidan S Pen, USB-C kabeli hamda SIM-karta ejektori o‘rin oladi.

Galaxy Tab S8+ modelining qutisida ham xuddi shunday aksessuarlar o‘rin olgan. Uning korpus o‘lchamlari 285x185x5.7 mm, og‘irligi esa 572 grammni tashkil qiladi. 2800x1752 piksel rezolyutsiyadagi 12.4 dyuymli Super AMOLED displeyi o‘rnatiladi. 

Qurilma 45 vattda quvvat oluvchi 10,090 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Seriyadagi eng kichik planshet Galaxy Tab S8 bo‘lib, ung 120Hz chastotani qo‘llab-quvvatlovchi 2560x1600 piksel rezolyutsiyadagi 11 dyuymli LCD displey o‘rnatiladi. Planshetning korpus o‘lchamlari 253.8x165.3x6.3 mm og‘irligi esa 503 grammni tashkil qiladi. 

Qurilma 45 vattda quvvat oluvchi 8,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Samsung Galaxy S22 Ultra birinchi marta rasmiy tasvirlarda namoyish etildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!