Galaxy Unpacked taqdimoti meta-olamda o‘tkaziladi yohud onlayn taqdimotni qanday ko‘rish mumkin?

Galaxy Unpacked taqdimoti meta-olamda o‘tkaziladi yohud onlayn taqdimotni qanday ko‘rish mumkin?

Samsung Galaxy Unpacked 2022 onlayn tadbirida Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlar, shuningdek, Galaxy Tab S8 seriyasidagi planshetlar va boshqalar taqdim qilinishi kutilmoqda. Xo‘sh, bu onlayn taqdimotni qayerda ko‘rishimiz mumkin? 

Galaxy Unpacked 2022 tadbirini tomosha qilish uchun eng birinchi joy kompaniyaning veb-saytidir. 9-fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00ga yaqin sayt taqdimotni tomosha qilish uchun portal bilan yangilanadi. Samsung saytiga o‘tish uchun bu yerga bosing. 

Albatta, ikkinchi aniq joy Samsung YouTube kanali. Katta ehtimol bilan taqdimot vaqtiga yaqin jonli efir uchun sahifa ochiladi. Samsung rasmiy YouTube kanaliga o‘tish uchun bu yerga bosing

Meta-olam. Ha, Samsung birinchi marotaba onlayn tadbirini o‘zining "Samsung 837X" nomli meta-olamidagi Decentraland'da bo‘lib o‘tadi. U yerda tomoshabinlar nafaqat taqdimotni tomosha qilishlari, balki Nyu-Yorkdagi tajriba markazi bilan tanishishlari, NFT'larni yig‘ishlari mumkin bo‘ladi. Samsung meta-olamiga kirish uchun bu yerga bosing

Qo‘shimchasiga siz quyidagi platformalardagi Samsung'ning rasmiy sahifalarida jonli efirni ko‘rishingiz mumkin: 

Facebook

Reddit

Twitch

Amazon Live

TikTok

Twitter

O‘QING: Samsung yangi Galaxy S22 smartfonlarini ishlab chiqarishda okeanlarda tashlab ketilgan baliq to‘rlaridan foydalanadi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!