Galaxy Unpacked'ning yangi treyleri egiluvchan smartfonlar tekislariga qaraganda yaxshiroq ekanini aytadi

Galaxy Unpacked'ning yangi treyleri egiluvchan smartfonlar tekislariga qaraganda yaxshiroq ekanini aytadi

Samsung o'zining navbatdagi Galaxy Unpacked taqdimoti qachon o'tkazilishi rasman ma'lum qildi. Garchi kompaniya tadbirda nimalarni taqdim qilishini ma'lum qilmagan bo'lsa ham, biz ularni buklanadigan smartfonlar va boshqa gadjetlar ekanligini bilamiz.

Tadbir yaqinlashar ekan, kompaniya uning yangi treylerni chiqardi. Videoda Galaxy Z Flip 4 va Z Fold 4 buklamafonlarining siluetlari ko'rsatilgan, biroq bu ko'z ochib yumguncha o'tib ketadigan lahzadir. Shunday ekan siz yangi smartfonlarning dizaynini yaxshi ko'ra olmaysiz. Umuman olganda, bunga hojat ham yo'q, bo'lajak buklamafonlarning dizayni avvagilariniki bilan deyarli bir xil bo'lishini allaqachon tarqatilgan suratlar ma'lum bo'lgan. 

Galaxy Z Flip 4 rasmiy renderlari tarqatildi. Foto: GizNext

Shuningdek, treyler video egiluvchan smartfonlar oddiy, tekis smartfonlardan ustunroq ekani ham ma'lum qiladi. Albatta, buklamafonlar oddiy telefonlarga qaraganda, foydalanish va o'ynashda yangicha tajribalarni taqdim qiladi. 

Samsung ushbu taqdimotni kelayotgan avgust oyining 10-sanasida, Toshkent vaqti bilan 18:00 da o'tkazadi. Uni siz Samsung'ning rasmiy veb-sayti yoki YouTube sahifasida ko'rishingiz mumkin.

O'QING: Galaxy Buds 2 Pro narxi ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!