Galaxy Watch 3’ni ilk bor «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  783
  •  27.07.2020 17:45

Galaxy Watch 3’ni ilk bor «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

Hindiston standartlash byurosi (BIS) yaqindagina Galaxy Watch 3 smart-soatini va arzon Galaxy M01s smartfonini sertifikatlagan edi. Endi esa uchinchi avlod Samsung aqlli soati ishlatib ko‘rsatilgan videolavha hm tarqaldi.

O‘QING: Samsung Galaxy Watch 3: to‘qqizta versiyasi, narxi va taqdimot kuni

YouTube tarmog‘idagi TechTalkTV kanali hali rasman taqdim qilinmagan Samsung Galaxy Watch 3 aqlli soati ishlatib ko‘rsatilgan videolavhani e’lon qildi. Unda mazkur devaysning 41 millimetrlik korpusga va 1,2 dyuymlik AMOLED-displeyga ega versiyasini «jonli» ko‘rishingiz mumkin:

Ushbu rolik shu paytgacha insayderlar chiqargan ma’lumotlarni tasdiqladi: Galaxy Watch 3 yangilangan dizaynga, ikkita boshqaruv tugmachsiga va moddiy gardishga ega. Bulardan tashqari, smart-soat ishora bilan boshqarishni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Samsung eng arzon smartfonini chiqardi: Galaxy A01 Core narx va jihatlari bilan tanishing!

Samsung yangi smart-soatini 8 gigabaytlik doimiy xotira, LTE, NFC va GPS modullari bilan ta’minlmoqda. Unga qon bosimini o‘lchash funksiyasi va EKG datchigi ham qo‘shilgan. Xaridorlar o‘z xohish va imkoniyatlariga ko‘ra, Galaxy Watch 3’ning titan yoki zanglams po‘latdan qilingan korpuslisini olishlari mumkin bo‘ladi. Har ikkala holatda ham u IP68 standartiga ko‘ra suvdan hamda MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra zarbadan himoyalangan.

Galaxy Watch 3 konfiguratsiyasiga qarab 400 dollardan to 600 dollargacha narxlanadi. Uni keyingi haftada – Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlar, Galaxy Z Fold 2 buklamafoni, loviyasimon Galaxy Buds Live butkul simsiz quloqchini hamda yangi avlod Galaxy Fit fitnes-trekeri bilan birga namoyish etishadi.

O‘QING: Smartfonlar endi sinmaydigan bo‘ladi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!