Galaxy Watch 5 seriyasida Classic modelni ko'rmasangiz hayron bo'lmang!

Galaxy Watch 5 seriyasida Classic modelni ko'rmasangiz hayron bo'lmang!

Galaxy Watch 4 va Galaxy Watch 4 Classic o'tgan yili taqdim qilingan bo'lib, ular Google'ning Wear OS 3.0 operatsion tizimida ishlaydigan ilk smartsoatlar bo'lgan edi. Samsung tez orada o'zining bu aqlli soatlari yangi avlodini, katta ehtimol bilan Galaxy Watch 5 seriyasini chiqarishi kutilmoqda va mish-mishlarga ko'ra, Janubiy Koreya kompaniyasi bu yilgi soatlar qatoriga jiddiy o'zgartirish kiritadiganga o'xshaydi.

Ma'lum bo'lishicha, yangi avlod Galaxy Watch seriyasida Classic modeli bo'lmaydi, uning o'rnini esa Pro variati egallaydi, ya'ni: Galaxy Watch 5 va Galaxy Watch 5 Pro. Soatning Pro bo'lmagan modeli ikki xil o'lchamda, Pro modeli esa faqat bitta o'lchamda chiqarilishi mumkin.

Bir necha hafta oldin Galaxy Watch 5 Pro ko'pchilik smartsoat muxlislari talab qilgan xususiyat, ko'proq batareya sig'imiga ega bo'lishi aytilgan edi.

O'QING: Galaxy Watch 5 qatoriga yangi model qo‘shiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!