Galaxy Watch 5 seriyasining narxi ma'lum bo'ldi

Galaxy Watch 5 seriyasining narxi ma'lum bo'ldi

Samsung keyingi oyning 10-sanasida o'zining navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirini o'tkazishni rejalashtirdi va kompaniya unda o'zining yangi avlod buklamafonlari bilan Galaxy Watch 5 qatorini ham taqdim qilishi kutilmoqda. Biroq, taqdimotdan avval yangi aqlli soatlarning narxi haqidagi ma'lumotlar tarqatib yuborildi.

Foto: DealNTech

Janubiy Koreya kompaniyasi bu yil Galaxy Watch 5 va Galaxy Watch 5 Pro modellarini chiqarishi tahmin qilinmoqda. Ma'lum bo'lishicha, oddiy model ikki xil, 40 mm va 44 mm o'lchamda chiqariladi va ular mos ravishda 259.98 yevro va 286.90 yevro narxda bo'ladi. Pro modelga keladigan bo'lsak, uning 45 mm o'lchamdagi modeli 430.89 yevro narxda sotiladi.

Taqqoshlash uchun, Galaxy Watch 4 qatoridagi oddiy modelning 40 mm o'lchamdagisi 269 yevro narxda, 44 mm o'lchamdagisi esa 299 yevro narxda chiqarilgan. Galaxy Watch 4 Classic esa 42 mm o'lchamdagisi 369 yevro, 46 mm o'lchamdagisi esa 399 yevro narxda chiqarilgan edi.

Aytish kerakki, bu yilgi Galaxy Watch 5 qatorida Classic model o'rniga Pro model chiqarilishi ma'lum qilingan.

Narxlar Yevropa bozoriga tegishli bo'lib, odatda bu mamlakatlarda narxlar yuqori bo'ladi, shundan bilish mumkinki, qolgan davlatlar uchun narxlar yanada pastroq bo'lishi mumkin.

O'QING: Nothing phone (1)'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!