Galaxy Watch 5 sifatli renderlari tarqatildi

Galaxy Watch 5 sifatli renderlari tarqatildi

Samsung keyingi oyda o'zining yana bir qator yangi qurilmalarini taqdim qilishni rejalashtirmoqda va ular orasida Galaxy Watch soatlari ham bor. Taniqli liker, Evan Blass, 91Mobiles sayti orqali bo'lajak smartsoatlarning sifatli renderlarini tarqatdi

Galaxy Watch 5 Pro va Galaxy Watch 5 soatlarning old ko'rinishi. Muallif: 91Mobiles

Ulashilgan Galaxy Watch 5 va Galaxy Watch 5 Pro gadjetlarining 3D tasviri ularning dizayni bilan har tomondan tanishish imkonini beradi. Bir qarashda ikkala modelning ham tashqi ko'rinishi unchalik o'zgarmagandek ko'rinadi va tashqi ko'rinishda oldingi avloddagilaridan deyarli farq qilmaydi.

Galaxy Watch 5 Pro. Muallif: 91Mobiles

Galaxy Watch 5 Pro, qatordagi qimmat model va oldingi Galaxy Watch 4 Classic davomchisi bo'lib, u avvalgi modelda bo'lgani kabi jismoniy aylanadigan ramkaga ega bo'lmasligini renderlar ham yana bir marta tasdiqladi. Shuningdek, "Project X" kod nomli ushbu model endi faqat bitta 45 mm o'lchamda, qora va kulrang variantda chiqariladi (o'tgan yili Galaxy Watch 4 Classic ikki xil: 46 va 44 mm o'lchamda chiqarilgan edi).

Galaxy Watch 5. Muallif: 91Mobiles

Oddiyroq dizaynga ega Galaxy Watch 5 modeliga keladigan bo'lsak, uning kod nomi "Heart" deb ataladi. U Pro modeldan ko'ra ko'proq ranglarda, 44 mm va undan biroz kichikroq o'lchamdagi variantda chiqariladi.

Ikkov modellarning ham o'ng tomonida ikkitadan tugmalar bor va ularda LTE, GPS qo'llab-quvvatlanadi. Aytishga arziydiki, soatlar 5ATM darajasidagi suvdan chidamlilikka ega, ya'ni ular bilan basseyn kabi sayoz joylarda suzish mumkin. Dasturiy ta'minot borasida esa, aqlli soatlarni wearOS 3.5 ga asoslangan One UI Watch 4.5 qobig'i "aqlli" qiladi. Mish-mishlarga ko'ra, yangi soatlar oldingilaridek 5W emas, balki, undan ikki barobar ko'p, 10W tezlikda zaryadlanishi mumkin.

Ushbu Galaxy Watch soatlari Samsung keyingi oyda bo'lishi o'tkazishi kutilayotgan Unpacked tadbirida, yangi avlod Fold va Flip buklamafonlari, shu bilan birga, Galaxy Buds Pro quloqchinlari bilan taqdim qilinadi.

O'QING: Samsung ikkita yangi smartfonni taqdim etadi