Galaxy Watch Active, Galaxy Fit va Galaxy Buds’ni Samsung taqdimotdan avval «sotib» qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  866
  •  15.02.2019 15:33

Galaxy Watch Active, Galaxy Fit va Galaxy Buds’ni Samsung taqdimotdan avval «sotib» qo‘ydi

 MWC 2019 ko‘rgazmasida janubiy koreyalik korporatsiya Galaxy S10 smartfonlaridan tashqari «aqlli» soat, fitnes-bilaguzuk va simsiz quloqchin ham namoyish etishi kutilayotgan edi. Ularning ayrim xususiyatlari haqida turli ma’lumotlar ham e’lon qilingan.

O‘QING: Galaxy S10 xaridorlariga – hali taqdim etilmagan Galaxy Buds simsiz quloqchini sovg‘a!

Kompaniya ushbu mahsulotlari Galaxy Watch Active smart-soati, Galaxy Fit fitnes-brasleti va Galaxy Buds simsiz quloqchinining tez orada taqdim etilishini g‘alati usulda tasdiqladi. Xullasi kalom, Samsung o‘zining Galaxy Wearable ilovasini yangilaganidan so‘ng, u foydalanuvchilarga o‘z smartfonlarini ushbu uchta aksessuarga ulab qo‘yishni taklif eta boshlagan.

Demak, bu gadjetlar ham Galaxy S10 flagmanlari bilan birga, 20 fevraldagi marosimda rasman namoyish qilinadi. Keyin esa ushbu smartfonlarga oldindan buyurtma beruvchilarga aksiya doirasida qo‘shib beriladi.

Shuningdek, mazkur dasturning APK-faylidan bu aksessuarlarning rasmiy suratlarini ham chiqarib olishgan.

Galaxy Wearable ilovasiga ko‘ra, «aqlli» braslet ikki versiyada – Galaxy Fit va Galaxy Fit e modellarida taklif qilinadi. Galaxy Watch Active smart-soati esa Gear Sport’dan ixchamroq ekan.

O‘QING: Sony taqdim etgan «aqlli» tasmacha hatto Apple Watch’dan ham qimmat!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.