Yana bir Galaxy smartfoni Android 13 yangilanishi qabul qilishni boshladi

Yana bir Galaxy smartfoni Android 13 yangilanishi qabul qilishni boshladi

So'nggi bir necha haftadan beri Samsung o'zining Galaxy smartfonlariga barqaror versiyadagi One UI 5 yangilanishini yuqori aktivlik bilan tarqib kelmoqda. Oktabr oyini Galaxy S22 seriyasi bilan yakunlagan so'ng, kompaniya oktabrda Galaxy S21 va Galaxy S20 flagmanlari, so'ng esa Galaxy A seriyasidagi A73, A53 va hatto A33'ni ham yangiladi. Navbatda endi Samsung o'zining eng mustahkam himoyaga ega smartfoni – Galaxy XCover 6 Pro'ni yangilanishni boshladi.

Ma'lum bo'lishicha, G736BXXU1BVK2 proshivka versiyali yangilanishni noyabr emas, oktabr oyi xavfsizlik yamog'i bilan doimgidek Yevropa mamlakatlarida tarqatish boshlangan. Ehtimol, qolgan hududlardagi Galaxy XCover 6 Pro egalari ham bir necha haftada ichida yangilanishni qabul qilib oladilar.

O'QING: One UI 5 yangilanishining tarqatilish jadvali