Galaxy Z Flip 4 jonli suratlarda!

Galaxy Z Flip 4 jonli suratlarda!

Samsung yaqin bir necha oydan keyin o'zining to'rtinchi avlod buklamafonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Biz o'tgan oyda ularning biri, Galaxy Z Flip 4'ning kompyuter renderlarini ko'rgan edik, bugun esa hali taqdim qilinmagan buklamafonning jonli suratlari bilan ilk marotaba tanishamiz.

TechTalkTV nomli Twitter sahifada paydo bo'lgan bo'lajak Galaxy Z Flip jonli suratlari oldin tarqatilgan renderlardan unchalik farq qilmaydi va u avvalgi Galaxy Z Flip 3 bilan deyarli bir xil ko'rinishda. Qora variantda suratga tushirilgan buklamafon ikki rangli tashqi panel: yuqorisida jiloli shisha, qolgan pastki qismida esa jilosiz shishaga ega.

Orqa ikkilik kameralari ham oldingidek vertikal joylashgan. Ularning yonida esa kichik orqa ekran mavjud. Bundan tashqari, suratlarda atrofi biroz ingichkalashgan metal ramka bilan o'ralgan qurilmaning yon tomonida joylashgan barmoq izini aniqlash sensorini ko'rishimiz mumkin.

Samsung buklanadigan smartfonning "oshiq-moshiq"larini sozlashi aytilgan edi, lekin bu safar ham hech qanday o'zgarish bo'lmaydigan ko'rinadi.

Ichkarida esa, telefon ochilganida displeyning buklanadigan joyi bu safar ancha ko'rinmaydigan qilingan va bu undagi sezilarli o'zgarishlardan biridir. Ekran yuqori markazida joylashgan selfi kameraning esa ko'rinmas bo'lishiga hali borga o'xshaydi, Janubiy Koreya kompaniyasi hali ham teshikli old kameradan foydalanmoqda.

Galaxy Z Flip texnik xususiyatlariga keladigan bo'lsak, u ikki 12MP orqa va 10MP old kamera bilan kelishi mumkin va agar bu to'g'ri bo'lsa, kamera sifati buklamafonning eng kuchsiz tomonlaridan biri bo'ladi. Shuningdek, qurilma 3700 mAh sig'imli batareya va yangilangan 25W tezlikda zaryadlanish bilan kelishi mish-mish qilinayotgan edi. Taqqoshlash uchun, Z Flip 3 3,300 mAh batareyaga ega edi.

Ta'kidlash joizki, Samsung katta ehtimol bilan ikkala, Galaxy Z Fold 4 va Galaxy Z Flip 4 buklamafonlarini Snapdragon 8+ Gen 1 va ko'proq xotira bilan avgust oyida taqdim qiladi.

O'QING: Galaxy S22 Ultra фойдаланувчилари учун яхши янгилик

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.