Galaxy Z Flip 5 va Galaxy Z Fold 5 yuqori sifatli renderlarda!

Galaxy Z Flip 5 va Galaxy Z Fold 5 yuqori sifatli renderlarda!

Buklanadigan smartfonlar bozori bu yil bir qancha yangi "o'yinchilar" bilan birga, yangilangan buklamafonlar bilan ham kengaymoqda va bu Samsung Galaxy Z seriyasi ham o'z ichiga oladi. Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining bu yilgi Galaxy Z Fold & Flip buklamafonlarini o'tgan yilga qaraganda bir necha hafta ertaroq taqdim qilishi kutilmoqda. Balki, shuning uchun ular haqidagi ma'lumotlar ham biroz ertaroq tarqalmoqda – Galaxy Z Fold 5 va Galaxy Z Flip 5 sifatli renderlari ko'rsatildi.

Yo'q, bu Galaxy Z Fold 4 emas – bu Galaxy Z Fold 5!

Bir necha kun avval Smartprix nashri OnLeaks bilan hamkorlikda Samsung kompaniyasining bo'lajak Galaxy Z Fold 5 buklamafonining sifatli renderlarini ulashdi. Ularga bir qarashda hayolingizga o'tgan yilgi Galaxy Z Fold 4 kelishi aniq, chunki Galaxy Z Fold 5 dizayni deyarli o'zgarmagan: uchlik kameralar qurilmadan biroz bo'rtib chiqib turadigan kamera orolida ichida joylashgan.

Agar o'zgarish deyish mumkin bo'lsa shuni aytish kerakki, bu safar LED chirog'i kameralar pastida emas, balki yoniga ko'chirilgan. Ta'kidlash joizki, Samsung o'zining Galaxy S23 flagmanlaridan boshlab bu yilgi barcha smartfonlarini kamera orolisiz dizaynda chiqarayotgan edi. Biroq, bu Galaxy Z Fold 5 uchun amal qilmaydigan ko'rinadi.

Bir qarashda ko'z ilg'amaydi, lekin Galaxy Z Fold sezilarli o'zgarishlarga ham ega. Masalan endi u endi avvalgisiga qaraganda ingichkaroq: buklanmagan holatda 154.9×129.9×6.3 mm; buklanganda esa 154,9×67,1×13,5 mm o'lchamda. Taqqoslash uchun Galaxy Z Fold 4 buklanganida 14.2-15.8 mm qalinlikda bo'ladi. Bu bu avval mish-mish qilingan "tomchi" stilidagi oshiq-moshiqdan sharafi bilan bo'lib, Galaxy Z Fold 5 buklanganida "qanotlari" orasida bo'sh joy qolmasligi aytilmoqda.

Galaxy Z Flip 5 kompyuter papkasi stilidagi orqa ekran bilan

Galaxy Z Fold 5 renderlari tarqalganidan ko'p o'tmasdan MediaPeanut sayti OnLeaks bilan hamkorlikda Galaxy Z Flip 5 ning yuqori sifatli renderlarini ulashdi.

Galaxy Z Flip buklamafonlari bir necha yildan beri orqa tomonida qo'shimcha ekran bilan chiqariladi. Biroq, ular so'nggi avlod Galaxy Z Flip 4 ham unchalik katta emas. Buklamafonlar bozoriga yangi qo'shilgan Oppo va Vivo kabi kompaniyalar yaqinda chiqargan Flip buklanadigan smartfonlari esa ancha katta qo'shimcha ekran bilan chiqarilmoqda. Ular bilan raqobatlashish uchun Samsung ham o'zining yangi Flip buklamafonini kattaroq orqa ekran bilan chiqarishi aniq.

Galaxy Z Flip 5 bir necha oydan beri orqa tomonida sezilarli darajada katta qo'shimcha displey bilan chiqarilishi haqida mish-mish qilib kelinayotgan edi. Ulashilgan renderlar esa bizga ular qanday bo'lishi haqida umumiy ma'lumot beradi.

Suratlardan ko'rish mumkinki, Galaxy Z Flip 5 ning orqa tomonidagi qo'shimcha displeyi ikkilik kameralar atrofidan tashqari buklamafonning yarmini egallaydi va bu kompyuterlardagi papka ikonkasini eslatib yuboradi. Bu tahminan 3.4 dyuymli displey ekanligi aytilmoqda. Qurilmaning qolgan tomonlarida o'zgarishlar deyarli mavjud emas. 

Samsung Galaxy Z Fold 5 va Galaxy Z Flip 5 buklamafonlari iyul oyi oxirlarida taqdim qilinishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!