Galaxy Z Flip qanchalik baquvvat?

Galaxy Z Flip qanchalik baquvvat?

JerryRigEverything YouTube kanali Samsung Galaxy Z Flip'ning qanchalik chidam ekanini sinovdan o‘tkazdi.

Gadjet ekrani plastik kabi qirilishini ko‘rsatdi. Lekin Z Flip displeyi shisha bilan qoplangan edi-ku? Buni aniqlash uchun Zek smartfonni qismlarga ajratdi. Shundan so‘ng shisha plastik himoya qoplami ostida jaylashgani ma’lum bo‘ldi. Plastik qoplamni olib tashlash esa ekranga jiddiy zarar yetakizishi yoki uning ostidagi shishani darz ketishiga sabab bo‘lishi mumkin ekan.Shunday qilib tirnalishga qarshi ultra-yupqa shishadan foydalanishning afzallik tomoni yo‘q. Shuning uchun telefondan foydalanyotganda ehtiyotkor bo‘lish kerak.Samsung buklanuvchi dizaynning asosi bo‘lgan “oshiq-moshiq“ning zaif tominlarini ham yaxshilashga erishgan. Hideway yechimidagi oshiq-moshig‘i butunlay boshqacha dizaynda.

Videoning so‘nggi qismida o‘tkazgich va purijinalar devaysni istalgan burchakdan ochishga imkon berishini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, buklanuvchi mexanizm yon tomoni va metal ramkaning yuqori va pastki tomonlarida chang kirishini oldini oluvchi maxsus himoya vositasi joylashgan. Agar Galaxy Z Flip ichki qismini ko‘rishga qiziqyotgan bo‘lsangiz, ushbu videoni tomosha qiling:

Nima bo‘lganda ham telefonning yuqori va pastki qismlarini bir-biriga bog‘lab turadigan mexanizm lenta kabeli bilan juda qiziqarli dizaynni hosil qilgan. Batareya bo‘shliq va vazn muvozanatining cheklanganligi sababli ikkiga bo‘linadi. Yuqori yarmidagi batareya kichik, 930 mA/soat, qolgan 3 300mA/soat quvvat esa pastki yarmida simsiz quvvat oluvishni ta’minlovchi qism, USB-C port va karnay bilan birga joylashgan.

Gadjetning bozori chaqqon bo‘lishi kutilmoqda. AQShda rasmiy sotila boshlagandan bir necha kun o‘tib Samsung Fillipinda ham Galaxy Z Flip'ni sotishni boshladi va o‘sha kuniyoq do‘konlardagi barcha Galaxy Z Flip tez sur’atlarda sotilib ketdi.

O‘QING: Galaxy S20 smartfonlarida 120Hz@QHD+ rezolyusiyasi paydo bo‘ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!