Galaxy Z Flip4 batareya hajmi

Galaxy Z Flip4 batareya hajmi

O'tgan yili Samsung o'zining Galaxy Z Flip3 buklanadigan smartfonini taqdim qilganidan bir necha oy o'tib, navbatdagi Galaxy Z Flip ham oldingisiniki bilan bir xil hajmdagi batareya sig'imiga ega bo'lishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq, sizdirilgan yangi ma'lumotlarga ko'ra, Galaxy Z Flip4 biroz kattaroq batareyaga ega bo'ladi.

Ta'kidlanishicha, Galaxy Z Flip4 (SM-F721) EB-BF721ABY va EB-BF722ABY model kodlariga ega ikkita batareya bilan birga keladi. Birinchisi 2400 mAh quvvatli qo'shimcha va shu bilan birga ikkitaning eng kattasi, ikkinchisi esa 903 mAh batareya quvvatga ega asosiy batareyadir.

Bunda umumiy batareya hajmi 3303 mAh bo'ladi va bu Galaxy Z Flip3’ning umumiy batareya sig‘imidan 103 mAh'ga ko‘p, ya’ni Flip4’ning batareya hajmi taxminan 3400 mAh'ni tashkil qiladi (Flip3 esa 3300 mAh). Shuni ta'kidlash kerakki, garchi Galaxy Z Flip3 buklamafoni 3200 mAh batareya sig'imiga ega bo'lsa ham, Samsung marketing uchun ularni 3300 deya sotgan. Shunday ekan, Galaxy Z Flip4 katta ehtimol bilan 3400 mAh batareya quvvatiga ega deya sotiladi.

Galaxy Z Flip4 taqdimotiga ham ko'p vaqt qolmayapti va ungacha biz hali ko'p ma'lumot sizdirilishlari guvohi bo'lishimiz mumkin.

O'QING: Galaxy A04s smartfonlariga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.