Galaxy Z Flip4'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy Z Flip4'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy Z Flip4'ning taqdim etilishiga hali bir necha oy bor. Biroq o‘tgan oyda e’lon qilingan renderlar orqali biz smartfon dizayni haqida tushunchaga ega bo‘ldik. Endi smartfonning texnik ko‘rsatkichlariga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, Galaxy Z Flip4 modeli Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlanadi. Qurilma 8GB tezkor, 128/256GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Avvalgi manbalarda smartfon 3,400 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanishi aytilgan edi, ammo yangi ma’lumotlar akkumulyator sig‘imi 3,700 mAs bo‘lishini ta’kidlamoqda. 

Qurilma 25 vattda quvvat oladi, shuningdek 10 vatt simsiz quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonga 120 gerts chastotada ishlovchi FHD+ rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatiladi. Displeyning yuqorisidan 10MP selfi kamera o‘rin oladi.

Tashqi tomonga 2.1 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatiladi. O‘tgan yilgi model bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, tashqi displey hajmi 0.2 dyuymga kattalashgan. Shuningdek, qurilma 12MP asosiy va 12MP ultrakeng kameralariga ega bo‘ladi. 

O‘QING: Galaxy Z Fold4'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi