Galaxy Z Fold 4 sifatli renderlarda

Galaxy Z Fold 4 sifatli renderlarda

Samsung o'zining to'rtinchi avlod Galaxy Z Fold buklamafonini taqdim qilishiga hali bir necha oy bor, lekin internetda allaqachon uning sifatli renderlari tarqatib yuborildi. @OnLeaks bilan hamkorlikda SmartPrix tomonidan tarqatib yuborilgan sifatli renderlar bizga bo'lajak Galaxy Z Fold 4 dizayni bilan yaqindan tanishishimizga imkon beradi.

Samsung Galaxy Z Fold 4

Bir qarashda yangi avlod Galaxy Z Fold buklanadigan smartfoni unchalik katta dizayn yangilashiga ega emas, lekin kichik o'zgarishlar mavjud. Masalan, qurilma kameralari endi ularni o'z ichiga olib turadigan modulga ega emas, linzalar telefonning orqasidan chiqib turadi. Bunday kamera dizayni ko'proq Galaxy S22 Ultra'ni eslatib yuboradi. Shuningdek, ma'lum bo'lishicha, orqa kamera sensorlari ham S22 Ultra'dan olinadi, ya'ni Fold 4 108MP kameraga ega bo'lishi aytilmoqda.

Samsung Galaxy Z Fold 4

Buklamafon ichki tomonidan o'tgan yilgidek ekran ostida joylashgan va oldingisidan ko'ra biroz yaxshilangan selfi kameraga ega bo'ladi. Tashqi tomonidagi selfi kamerasi esa avvalgidek, 10 MP sensor bilan ta'minlanadi.

GALAXY-Z-FOLD4-07

Yana bir sezilarli darajadagi o'zgarishlardan biri shundaki, Galaxy Z Fold 4 oldingisinidek 6.2 dyuymli tashqi, 7.6 dyuymli ichki ekranga ega bo'lgan taqdirda ham, u avvalgisidan biroz qalinroq bo'ladi. Fold4 ochiq turganida 7.1mm qalinlikda (Fold3 6.4mm edi) bo'lib, uning balandligi kengligi avvalgi Fold3 bilan bir necha millimetr farq bilan alishib qoldandek go'yo, Fold4 - 155x130 mm bo'lsa, Fold 3 158.2x128.1 mm ni tashkil qiladi. Qo'shimchasiga, insayder Ice Universe'ning aytishicha, Galaxy Z Fold 4 og'irligi 260 grammdan yengilroq bo'ladi. Taqqoslash uchun hozirgi Galaxy Z Fold 3 og'irligi 270 grammni tashkil qiladi.

Kapot ostida Qualcomm'ning Snapdragon 8 Gen 1 Plus chipsetida bilan chiqariladi. Qurilma batareyasiga haqida gapiradigan bo'lsak, garchi yangi avlod bo'lsa ham Galaxy Z Fold 4 avvalgisiniki bilan bir xil 4400 mAh ikkilik quvvat sig'imida 25W tezlikda zaryadlanadi.

Shuni ham ta'kidlash joizki, bu yilning buklamafonida ham S Pen uchun ichki uya haqida hech qanday ma'lumot berilmagan. O'tgan yilgi Galaxy Z Fold 3 ham S Pen'ni qo'llab-quvvatlar edi, lekin unda ham ruchka uchun ichki joy mavjud bo'lmagan. Samsung o'zining buklamafonlarini odatda sentabr boshida yoki avgust oxirida taqdim qiladi.

O'QING: Samsung'dan 200MP kamerali smartfon!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!