Galaxy Z Fold 4 va Flip 4 jonli suratlarda

Galaxy Z Fold 4 va Flip 4 jonli suratlarda

Samsung o'zining yangi avlod Galaxy Z Fold va Flip smartfonlarini taqdim qilishiga atigi bir necha kun qoldi, biroq taqdimotdan oldin bo'lajak buklamafonlarning jonli suratlarda internetda tarqatib yuborildi.

Twitter'dagi Noh_Tech sahifasida paydo bo'lgan suratlar Samsung riteyler do'konlaridan biridan olinganga o'xshaydi, unda havorang-kulrang rangli Galaxy Z Fold 4 va havorang rangdagi Galaxy Z Flip 4 ni ko'rish mumkin.

Galaxy Z Flip 4 ga qaraydigan bo'lsak, uning oshiq-moshiqlari atrofidagi metall qismlar nozikroq va Flip 3 bilan solishtirganda qirralari biroz tekisroq ekanligini aytmasa, dizayn deyarli o'zgarmagan. Galaxy Z Fold 4 esa buklanadigan joyi tashqi displey bilan birga ancha kichikroq, shu bilan birga, u qo'lda biroz kengroq ko'rinadi. Shuningdek, buklamafonlarning ikkovida ham ekranning buklanadigan joyi biroz kichraytirilgan va endi ular unchalik e'tiborga tushmaydi.

Samsung ushbu qurilmalarni tez kunda rasman taqdim qiladi. 

O'QING: O‘zbekistonda yil oxirigacha milliy ijtimoiy tarmoq chiqarilishi mumkin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.