Galaxy Z Fold 4 va Galaxy Z Flip 4 taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi

Galaxy Z Fold 4 va Galaxy Z Flip 4 taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi

Samsung o'zining yangi avlod buklamafonlari va aqlli soatini qachon taqdim qilishi ma'lum bo'ldi. Taniqli likster, Evan Blass ulashgan reklama suratiga qaraganda Janubiy Koreya kompaniyasining navbatdagi Unpacked taqdimoti kelayotgan avgust oyining 10-kunida taqdim qilinadi.

Posterdan nafaqat taqdimot sanasi, balki bo'lajak Galaxy Z Flip 4 ning xiralashtirilgan suratini ham ko'rish mumkin. Uning tiniqroq renderlarida esa allaqachon internetda tarqatib yuborilgan edi.

Galaxy Z Flip 4 bilan birgalikda, Samsung yangi Galaxy Z Fold 4 buklamafonini, shuningdek, Galaxy Watch 5 va Galaxy Watch 5 Pro aqlli soatlar qatorini ham taqdim qilishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda yangi qurilmalar 26-avgustdan sotuvga chiqariladi.

Shubhasiz, ushbu sanalar odamni hayratga solmaydi, chunki Samsung o'tgan yili Galaxy Z Flip 3 va Galaxy Z Fold 3 buklamafonlarini 11-avgustda taqdim qilgan va ularni 27-avgustdan sotishni boshlagan edi.

O'QING: Qaysi Xiaomi smartfonini sotib olsam ekan? 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.