Galaxy Z Fold4 damini olsin — Asus kompaniyasi 17.3 dyuymli buklanuvchi plashetni taqdim etdi

Galaxy Z Fold4 damini olsin — Asus kompaniyasi 17.3 dyuymli buklanuvchi plashetni taqdim etdi

Asus kompaniyasi yil boshidagi CES tadbirida Zenbook 17 Fold OLED planshetining prototipini taqdim etgan edi. Endi kompaniya ushbu qurilmani rasman taqdim etdi. Xo‘sh, Zenbook 17 Fold OLED - bu qanday planshet?

Ushbu gibrid devays 2560x1920p rezolyutsiyadagi 17.3 dyuymli OLED displeyiga ega. Uning maksimal yorqinlik darajasi 500 nitni tashkil qiladi. Buklanmagan holatda planshetni uning orqasiga o‘rnatilgan stend bilan biror bir joyga tik o‘rnatish mumkin. Shunda palnshetdan monitor sifatida foydalansa bo‘ladi. Ofis ishlari uchun esa Bluetooth klaviatura orqali planshetni kompyuterga aylantirish mumkin. 

Shuningdek, qurilma ekranining bir qismini buklab, bir tomonini monitor, ikkinchi tomonini esa virtual klaviatura qilib ishlatsa bo‘ladi. Magnitli klaviaturani planshetga ulab, undan odatiy noutbuk sifatida ham foydalanish mumkin. Bunda faqat displeyining bir qismidan foydalaniladi. 

Agar yuqoridagilarning birortasi ham sizga ma’qul bo‘lmasa, uni plashet ko‘rinishida ishlatishingiz mumkin. Lekin bu noqulayliklar tug‘dirishi aniq, chunki uning ekran hajmi naq 17.3 dyuymni tashkil qiladi. 

Zenbook 17 Fold OLED plansheti Windows 11 operatsion tizimida ishlaydi. Unga Core i7-1250U protsessor hamda 16GB LPDDR5 RAM o‘rnatilgan. Intel kompaniyasining ushbu 12-avlod protsessori 10 ta yadro bilan jihozlangan. Grafika uchun esa Intel Iris Xe video kartasi javob beradi. Qurilmaga eng so‘nggi va eng tezkor 1TB M.2 NVMe PCIe 4.0 SSD kartasi o‘rnatilgan. 

Planshetda ikkita USB-C porti mavjud. Ikkalasi ham Thunderbolt 4 vazifasini bajaradi, ya’ni ulardan displey yoki 66 vattlik quvvlash porti sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, qurilma 3.5 mm audio jekka ega. Qurilma ichida 75 Vatt/soat hajmdagi akkumulyator joylashgan. Kompaniyaning aytishicha, uning quvvati 9 yarim soatga yetadi. Qurilmaning og‘irligi 1.5 kilogrammni tashkil qiladi. Uning hajmi 17.3 dyuym bo‘lgani uchun buning ajablanarli tomoni yo‘q. 

Planshet shu yilning to‘rtinchi choragida sotuvga chiqadi. Uning narxi 3499 dollarni tashkil qiladi. Bu pulga ikkita Galaxy Z Fold4 buklamafonini sotib olish mumkin. 

O‘QING: Sony Xperia 5 IV smartfonini taqdim qildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!