Galaxy Z Fold4 smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Galaxy Z Fold4 smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Rasman 10 avgust kuni taqdim etiladigan Galaxy Z Fold4 buklamafoni Snapdragon 8+ Gen1 chipi va 8GB tezkor xotira bilan GeekBench'da testdan o‘tdi. 

GeekBench'dagi smartfonning model raqami SM-F936U bo‘lib, bu AQSh bozori uchun mo‘ljallangan model hisoblanadi. Yangi buklanuvchi smartfonning 12GB tezkor xotiraga ega bo‘lgan versiyasi ham bo‘lishi kutilmoqda, chunki o‘tgan yilgi Z Fold3 ham 12GB xotira bilan ham sotilgan. 

Demak, tezkor xotira bilan hech qanday o‘zgarish yo‘q, biroq yangi modelning 1TB doimiy xotiraga ega bo‘lgan turi taqdim etilishi taxmin qilinmoqda. Z Fold3 modeli esa 512GB doimiy xotira bilan cheklangan edi. Qurilma 4,400 mAs sig‘imli akkumulyator ega bo‘ladi. Uning og‘irligi esa Z Fold3dan yengilroq bo‘lishi kutilmoqda. 

O‘QING: Xiaomi 12 Ultra'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!