Galaxy Z Fold4 va Z Flip4 modellarining narxi ma’lum bo‘ldi

Galaxy Z Fold4 va Z Flip4 modellarining narxi ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasi 10 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Unpacked marosimida Galaxy Z Fold4, Z Flip4 buklamafonlari, shuningdek, yangi Galaxy Watch5 seriyasi hamda Galaxy Buds quloqchinlarni taqdim etadi. 

Taqdimotdan avval ba’zi riteylerlar yangi buklamafonlarni sotishga tayyorlanmoqda. Riteylerlarning biri esa tasodifan qurilmalarning narxini e’lon qilib yubordi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Z Fold4 modelining 1TB xotiraga ega bo‘lgan turi bo‘lmaydi, maksimal xotira 512GB bilan cheklanadi. Demak, quyida Galaxy Z Fold3'ning sotuvga chiqqan narxi bilan taqqoslagan Z Fold4'ning narxlari berilgan. 

Geekbench'dagi ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, to‘rtinchi avlod buklamafonlarining tezkor xotira hajmi o‘zgarmaydi, ya’ni Z Fold4 modeli maksimal 12GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Ammo bu ma’lumotlar 100% to‘g‘ri bo‘lmasligi ham mumkin. Demak, narxlarni o‘tgan yilgi modellarnikiga nisbatan biroz oshgan. 

Keyingi qurilma bu quloqchinlar. Ushbu yangi quloqchinlar Galaxy Buds Pro modelining yangi avlodi bo‘ladi. Biroq riteyler qulqochinning nomini “Galaxy Buds 3 Pro“ sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. 

Qurilmaning bazaviy narxi 226 yevro. Chegirmalar bilan uning narxi 214 yevroga tushadi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning yanvar oyida taqdim etilgan Galaxy Buds Pro modeli 230 yevro narxda sotuvga chiqqan.

Quloqchin kulrang, siyohrang va oq ranglarda taqdim etiladi. 

O‘QING: Samsung smartfonlaridagi sirli diagnostika funksiyasidan qanday foydalanish mumkin? 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!