Galaxy Z Fold4'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy Z Fold4'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung 2022 yilning uchinchi choragida o‘zining to‘rtinchi avlod buklamafonlari - Galaxy Z Fold4 va Z Flip4 modellarini taqdim etadi. Taqdimot sanasiga hali ancha vaqt bor, biroq bungacha smartfonlarga oid bo‘lgan bir qancha ma’lumotlar ommaga ma’lum bo‘ldi.

Endi esa Z Fold4'ning texnik jihatlari haqida ma’lumot berildi. Yogesh insayderi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi model 120 gerts chastotada ishlovchi 7.6 dyuymli Super AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. Tashqi displeyning hajmi esa 6.2 dyuymni tashkil qilib, u ham 120 gerts chastotani qo‘llab-quvvatlaydi. 

Z Fold4 modeli yangi Snapdragon 8+ Gen1 chipiga ega bo‘ladi. Smartfonning 12/16GB tezkor va 256/512GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan turlari sotuvga chiqariladi. 

Asosiy displeyga 16 megapikselli ekranosti selfi kamera o‘rnatilasa, tashqi displeyda 10 megapikselli oddiy selfi kamera bo‘ladi. Orqa paneldan 50MP asosiy, 12MP ultrakeng va 3x optik zumga ega bo‘lgan 12MP telefoto kameralar o‘rin oladi. 

Shuningdek, qurilmaga 25 vattdan quvvat oluvchi 4,400 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. Smartfonda IPX8 standarti, stereo dinamiklar, S-Pen'ni qo‘llab-quvvatlash va Wireless DeX imkoniyatlari bo‘ladi. 

O‘QING: Samsung 2022 yil uchun telefon ishlab chiqarishni sezilarli darajada kamaytirmoqda 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.