GAME DEVELOPMENT: qiziqarli, daromadli va barqaror rivojlanayotgan soha

  •   DiMaX
  •  1743
  •  11.03.2019 18:06

GAME DEVELOPMENT: qiziqarli, daromadli va barqaror rivojlanayotgan soha

Yangi smartfon olganlarning katta qismi telefonida qanday o‘yinlar borligini tekshirib ko‘radi, ayniqsa yoshlar. Shuningdek, mobil o‘yinlar vaqtni o‘tkazishning eng keng tarqalgan usuliga aylanib ulgurgan.

Mobil media hayotimizni yashin tezligida egallab bormoqda. Mobil smartfonlarning kerakli dasturlarini ko‘payib borishi telefonimizni yo‘qotib qo‘yish, uni esdan chiqarib qoldirish muammosini sezilarli kamaytirib bormoqda.

Internet foydalanuvchilarining mobil qurilmalarida bir kunda vaqtini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatkich 2012 yilda 107 minutdan 2017 yilda 223 minutgacha o‘sgan.

Mobil o‘yinlar mobil vositalardan foydalanishda katta rol o‘ynaydi. Jahon miqyosida 2017 yilda o‘yinlar biznesi 40,6 milliard dollar daromad keltirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Osiyo 2016 yildan boshlab mobil o‘yin daromadiga asoslangan eng yirik mintaqa bo‘lib qolmoqda. 2016 yil oxiriga kelib butun dunyo bo‘ylab mobil o‘yinlar o‘ynovchilar soni o‘rtacha 2,8 milliardni tashkil qilgan edi. 2015 yilda AQSh mobil telefonlarining 51 foizidan ortig‘ida o‘yin o‘ynalgan.

Statistik tahlillarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab mobil o‘yin ilovalari daromadlari 2015 yildagi 34,8 milliarddan 2020 yilga kelib 74,6 milliardgacha o‘sadi. Daromadga qarab, Clash of Clan mobil o‘yin sohasida etakchi o‘rinni egalladi. Supercell kompaniyasi tomonidan 2012 yilda ishlab chiqilgan va e’lon qilingan o‘yin 2015 yilda taxminan 1,35 milliard AQSh dollari daromad keltirib muvaffaqiyatga erishgan.

Ko‘rinib turibdiki, game development sohasi axborot texnologiyalari sohasida eng tez rivojlanib borayotgan va daromadli soha hisoblanadi. Sohada mutaxassislarga talab yuqori, buning sababi yuqoridagi statistikalardan ayon.

Ajoyib va kreativ fantaziyaga ega, zerikmay ishlashni xohlaydigan insonlar uchun game developer mutaxassisligi ayni muddao bo‘ladi.

PDP dasturlash akademiyasi endilikda Game development yo‘nalishida dasturchilarni tayyorlashni boshladi. Siz PDP’ning ilk mobil o‘yinlar dasturchisi bo‘lishingiz mumkin.

Xo‘sh Game development’da nimalar o‘rganiladi?

Unity!

Unity platformasida 2D, 3D o‘yinlar yaratishni o‘rganamiz. Unity 2005 yilda birinchi versiyasini chiqarishgan, 2015 yilgacha to‘liq o‘yinga qaratilib, bunda asosiy maqsad havaskor kishilarni o‘yin ishlab chiqishlari uchun zamonaviy vositalarga mos keladigan texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘lgan. 2017 yildan boshlab boshqa ko‘plab sohalarga kirib bordi. Hozirda yuqori sifatda Mobile, Instance, Console & PC va AR/VR o‘yinlar yaratishingizda kerak bo‘ladigan barcha narsalarga Unity’da o‘rnatilgan.

Unity’ni o‘rganish nafaqat o‘yinlar yaratish, balki boshqa sohalar uchun ham kerakli dastur va animatsiyalarni yaratish imkonini beradi.

Tibbiyot, arxitektura, muhandislik va qurilish sohasida. Bunda binolarni loyihalashtirish va visual ko‘rish, atrof-muhitni ko‘rish, binoni har xil fizik hodisalarda virtual sinovdan o‘tkazish, uyni har xil narsalarga to‘ldirish, bezash va yana bir qancha ishlarni amalga oshirish mumkin.

Unity’ning kinematografiyaga kirib kelishi, film sohasidagi studiyalarga ko‘plab ijodiy erkinliklar berdi. Qisqa epizodli va harakatli hikoyalarni samarador effektda qisqa vaqtda barajarish imkoniyatlarini berdi.

Ta’lim sohasida hozirda dunyo bo‘ylab AR va VR chiqadigan mahsulotlarning 60%dan ortig‘ini Unity’da qilingan loyihalar tashkil qiladi. VR’da avtomobillarni loyihalashtirishda va muhandislik qiluvchilarga keng imkoniyatlar yaratib berdi. Jumladan, virtual tarzda mashinani to‘liq o‘rganib chiqish, yig‘ib chiqishiyu va uni har xil test qilib ko‘rishlar, statistikalar olish mumkin.

Zamon bilan ham nafas yashashda, kelajakda IT sohasida Unity sezilarli darajada o‘rin egallab bormoqda.

Unity’da C# dastrurlash tilida kod yoziladi. 2D va 3D loyihalaringizni amalga oshirishingiz imkoniyatlari bo‘lib, 25+ platformlarga mahsulotingizni chiqarishingiz mumkin. Foydalanuvchilar uchun qulay interfeys, animatsiya, fizik effektlar qilish juda oson qilib qo‘yilgan.

PDP dasturlash akademiyasi Game development o‘quv kursini tashkil qildi. O‘quv kurslari 6 oy davom etib, haftada kunora, 2 soatdan darslar o‘tkaziladi.

  1. Modul. Unity introduction & C# basics - 1 oy
  2. Modul. Beginner Game development - 2 oy
  3. Modul. Intermediate game developer - 3 oy

PDP Game development kursida o‘qing va dunyoning istalgan joyida sotiladigan, o‘ynaladigan mobil o‘yinlar yaratuvchi developerga aylaning.

Biz sizni guruhimizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.

Sayt: http://pdp.uz/

Telefon: + 99897 447 47 41

Telegram: @PdpUzAdmin

Telegram-kanal: @PdpUzOfficial

Facebook: fb.me/pdp.uz

Reklama huquqi asosida