GameDev Goethe bepul loyihasi: eng zo‘r o‘yin yaratuvchisiga aylaning!

  •   DiMaX
  •  848
  •  06.04.2020 12:16

GameDev Goethe bepul loyihasi: eng zo‘r o‘yin yaratuvchisiga aylaning!

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Gyote Instituti hamda IT-Park birgalikda GameDev Goethe loyihasini amalga oshirmoqda. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bergan.

O‘QING: Sovrin fondi 60 million so‘mlik onlayn kibersport musobaqasiga marhamat!

O‘yin yaratishga qiziquvchi yoshlar o‘z kuchlarini GameDev Goethe nomli loyihasida sinab ko‘rishlari mumkin.

Loyihaning asosiy maqsadikompyuter o‘yinlarni yaratishda endigina birinchi qadam qo‘yayotgan ixtirochilarga ko‘mak berish.

GameDev Goethe loyihasida ishtirok etadiganlar nimadan yutadi? Ular qo‘yidagi afzalliklarga ega bo‘ladi:

  • bebaho tajriba va bilimlarga ega bo‘lish;
  • mutaxassislar yordamida qisqa vaqt ichida o‘z o‘yinni yarata olish va tayyor o‘yinni o‘z shaxsiy portfolioga qo‘shish;
  • GameDev bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi mutaxassislaridan muntazam ravishda maslahatlar olib borish;
  • O‘zbekistondagi birinchi O‘yin ajumanida minglab ishtirokchilar oldida o‘z o‘yinni namoyish etish va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish;
  • buyurtma olish yoki o‘yinlar ishlab chiqish sohasida ish topish uchun o‘zlarini o‘yin dasturchilarining ro‘yxatiga qo‘shish;
  • o‘z o‘yinni Google Play, AppStore onlayn do‘konlarida joylashtirish va uni reklama qilish uchun mablag‘ olish imkoniga ega bo‘lish.

Loyihada ishtirok etish esa mutlaqo bepul!

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati15 aprel!

Shoshiling, joylar cheklangan!

GameDev loyihasida ishtirok etish uchun https://forms.yandex.ru/u/5e4ceb134e61cc0182f13739/ havolasi orqali o‘ting.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!