Gamescom 2016: yilning eng yaxshi o‘yinlari

Gamescom 2016: yilning eng yaxshi o‘yinlari

Yevropada o‘tkaziladigan nufuzli Gamescom o‘yinlar ko‘rgazmasida 2016 yilning eng yaxshi o‘yinlari aniqlandi. G‘oliblar jami 73 ta nominant orasidan tanlandi.  Gamescom hakamlar hay’ati Nintendo tomonidan ishlab chiqilgan sarguzasht ekshen The Legend of Zelda: Breath of the Wild yilning eng yaxshi o‘yini deb topildi. Ushbu o‘yin bundan ikki oy oldin bo‘lib o‘tgan Ye3 2016 ko‘rgazmasida ham eng oliy sovrinni qo‘lga qiritgan edi. Shu bilan birga uWii U uchun chiqarilgan eng yaxshi o‘yin nominatsiyasida ham g‘olib bo‘lgan. Ekshen For Honor, sarguzasht Sea of Thieves o‘yini va Battlefield 1 shuteri ikkitadan nominatsiyada eng yaxshi o‘yin sifatida belgilangan.

Quyida nominatsiya va g‘olib bo‘lgan o‘yinlarning to‘liq ro‘yxati berilgan:

  • eng yaxshi qo‘shimcha: Destiny: Rise of Iron;
  • eng yaxshi prevyu: Horizon: Zero Dawn;
  • eng yaxshi stend: Mafia III;
  • PlayStation 4 uchun eng yaxshi o‘yin: For Honor;
  • Xbox One uchun eng yaxshi o‘yin: Sea of Thieves;
  • Wii U uchun eng yaxshi o‘yin: The Legend of Zelda: Breath of the Wild;
  • PC uchun eng yaxshi o‘yin: For Honor;
  • eng yaxshi mobil o‘yin: Mario Party Star Rush;
  • eng yaxshi rolli o‘yin: Final Fantasy XV;
  • eng yaxshi poyga: Forza Horizon 3;
  • eng yaxshi ekshen: Battlefield 1;
  • eng yaxshi simulyator: NBA 2K17;
  • eng yaxshi sport o‘yini: Steep;
  • eng yaxshi oilaviy o‘yin: Skylanders Imaginators;
  • eng yaxshi strategiya: Sid Meier’s Civilization VI;
  • eng yaxshi boshqotirma o‘yin: Dragon Quest Builders;
  • eng yaxshi ijtimoiy tarmoy o‘yini: Gwent: The Witcher Card Game;
  • eng yaxshi kazual o‘yin: Battlezone;
  • eng yaxshi multipleyerli o‘yin: Sea of Thieves;
  • eng yaxshi VR-o‘yin: Wilson’s Heart;
  • eng yaxshi qurilma: PlayStation VR;
  • eng yaxshi indi o‘yin: Little Nightmares;
  • Tomoshabinlar maqtovi: Battlefield 1;
  • Kzrgazmaning eng yaxshi o‘yini: The Legend of Zelda: Breath of the Wild.