«Gap Ko‘p» xizmati: tarif rejangizni cheksiz qo‘ng‘iroqlargacha kuchaytiring!

  •   DiMaX
  •  424
  •  10.06.2021 17:48

«Gap Ko‘p» xizmati: tarif rejangizni cheksiz qo‘ng‘iroqlargacha kuchaytiring!

Mobiuz uyali aloqa operatori yaqinda barcha tariflarida daqiqalar to‘plamini oshirgan, abonent to‘lovlarini esa o‘zgarishsiz qoldirgan edi. Kompaniya endi abonentlarga o‘zaro hech qanday cheklovlarsiz aloqa qilish imkonini beruvchi «Gap Ko‘p» xizmatini e’lon qildi.

O‘QING: «Qo‘shimcha!» aksiyasi: bittasini xarid qilib, ikkinchisini bepul oling!

Tarif rejalari bo‘yicha tarmoq ichida bepul gaplashish sharti bo‘lmagan abonentlar ham noyob «Gap Ko‘p» xizmati yordamida tarmoq ichida cheksiz qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin.

«Gap Ko‘p»ga ulanish uchun *166# USSD-kodini terish kifoya. Bir martalik faollashtirish narxi 10 ming so‘mni tashkil qiladi. Xizmat uchun ortiqcha xarajatlar, xususan, oylik yoki kunlik abonent to‘lovlari yo‘q. Abonent xizmatdan bir necha yil ham foydalanishi mumkin – u buning uchun pul to‘lamaydi. «Gap Ko‘p»ni foydalanuvchining o‘zi o‘chirishi mumkin, Shuningdek, u boshqa, ushbu xizmatni qo‘llab-quvvatlamaydigan tarifga o‘tganda xizmat avtomatik ravishda o‘chishi mumkin.

Hozirda «Gap Ko‘p»ni yangi va amaldagi abonentlar Mobi 20, 25, 30+, «O‘qituvchi 1 va 2» tarif rejalarida yoqishlari mumkin. Bundan tashqari, xizmat 20 dan ortiq boshqa tarif rejalarida ham amal qilmoqda.

Oylik abonent to‘lovi yuqori bo‘lgan tariflarga kelsak, ularning shartlari tarmoq ichida yoki umuman butun O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz aloqani o‘z ichiga oladi. Masalan, «Gap Yo‘q», «Gap Yo‘q Pro», Mobi 40, 50, 70, 90, ularning yillik variantlarida tarmoq ichida cheksiz qo‘ng‘iroqlar avvaldan bor.

– «Gap Ko‘p» – bu oddiy tarif rejangizni «kuchaytirish» imkonini beradigan ijtimoiy xizmat. Mobil aloqa uchun oyiga 30 ming so‘mgacha pul sarflashga tayyor bo‘lgan abonentlarimiz uchun u katta qulaylikdir. Shu sabab ushbu xizmatimizga talab katta. Abonentlarga minimal to‘lov evaziga cheksiz vaqt davomida cheksiz aloqani taqdim etayotganimizdan xursandmiz, – dedi Mobiuz kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

O‘QING: Yangi hamyonbop tarif rejalarini qarshi oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!