«Gapiruvchi» ekranli Galaxy M40 davomchisi – Snapdragon 712 chipli arzon smartfon chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  2281
  •  12.11.2019 11:05

«Gapiruvchi» ekranli Galaxy M40 davomchisi – Snapdragon 712 chipli arzon smartfon chiqyapti!

Samsung kompaniyasi shu yil yozda Hindistondagi taqdimotida hamyonbop smartfonlar turkumining flagmani – Galaxy M40 smartfonini namoyish etgandi. So‘zlashuv dinamigisiz, ovoz bevosita displeyning o‘zidan taralishi, uch modulli bosh kamerasi va ekran tirqishidagi selfi-kamerasi kabi jihatlari bilan u e’tiborga sazovor bo‘lgan.

O‘QING: Barcha modellardagi Galaxy S11’larning ekran o‘lchamlari va yana ikkita zo‘r jihati ma’lum bo‘ldi

91mobiles nashrining yozishicha, Samsung endi uning davomchisi bo‘ladigan yana bir smartfonning namoyishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu tadbir 15 noyabr kuni Hindistonda bo‘lib o‘tadi.

Hamyonbop seriyaning yangi flagmani Galaxy M40s yoki Galaxy M50 deb nomlanishi mumkin. Joriy flagman Snapdragon 675 protsessorida ishlashini hisobga olsak, uning davomchisi nisbatan kuchliroq – Snapdragon 700 turkumidagi chipset bilan ta’minlanishi aniq. Taxminlarga ko‘ra, unda Snapdragon 712 platformasi qo‘llanadi.

O‘QING: To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

Bundan tashqari, Galaxy M40s (yoki Galaxy M50) sig‘imdor akkumulyator, old kamera uchun tirqishli AMOLED-displey hamda kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipi bilan ham ta’minlanadi.

Samsung ushbu smartfoni uchun 300 dollar atrofidagi narx belgilashi kutilayotir. Yetakchi smartfonsozning hozirgacha sotuvga chiqqan aksariyat telefonlarini esa 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy A90 5G'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!