Gear IconX – Samsung kompaniyasidan simsiz naushnik

Gear IconX – Samsung kompaniyasidan simsiz naushnik

Smartfonga naushnikni ulab musiqa tinglash vaqtida naushniklarning simlari doim ortiqchaday tuyuladi. Janubiy Koreyalik shovvozlar shuni ham yechimini topishibdi. Gadjetning nomi – Gear IconX. Undan nafaqat musiqa tinglashda, balki fitnes, salomatlikni kuzatish, ko‘ng‘iroqlarga javob berish uchun ham foydalanish mumkin.
Gadjet quloqqa qulay joylashadi. Uni smartfonga Bluetooth orqali ulab, bir qator yuqorida aytib o‘tgan maqsadlarda ishlatsa bo‘ladi. Eng qizig‘i, qurilmaning o‘zida avtonom 4 GB hajmidagi xotira mavjud bo‘lib, unga ko‘plab audio fayllarni yozish mumkin. Bu, ayniqsa, fitnes mashg‘ulotlari paytida smartfondan foydalanmagan holda musiqa tinglash imkoniyatini beradi.
Ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, gadjet Android 4.4 Kitkat versiyasidan yuqori platforma va kamida 1.5 GB tezkor xotiraga ega bo‘lgan smartfonlarga ulanadi. Shuningdek, boshqa platformadagi smartfonlarga ega bo‘lgan foydalanuvchilar musiqiy fayllarni USB kabel yordamida naushnikka uzatishlari mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!