Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

  •   DiMaX
  •  2044
  •  10.11.2020 13:05

Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

Oktyabr oxirlarida yangi Huawei Mate 40 smartfoni taqdim etilgan, shuningdek, yanada ilg‘or fotoflagmanlar – Mate 40 Pro hamda Mate Pro+ ham namoyish qilingan edi. JD maydonchasi orqali bu smartfonlar 11 soniya ichidayoq sotib tugatilgan va Huawei buning sharafiga dronlar yordamida shou uyushtirgan. Shuningdek...

O‘QING: Bu yangi flagman barchani «changida qoldirdi»! (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Huawei kompaniyasining Kirin 9000 protsessori bazasidagi Mate 40 Pro smartfoni Antutu servisining o‘tgan oydagi reytingida eng yuqori o‘rinni zabt etgan. Biroq tez orada uning ikkita raqibi – Samsung hamda Xiaomi ham o‘zlarining eng kuchli flagmanlarini namoyish etishi kutilmoqda. Xo‘sh, ulardan qay biri eng qudratli bo‘lib chiqar ekan?

Digital Chat Station nikli insayder shunga aniqlik kiritish maqsadida har uchala flagmanning boshqa bir nufuzli benchmark – Geekbench servisidagi samaradorlik natijalarini keltirgan. Ularga nazar solishni esa xitoylik texnogigantning allaqachon sotuvga chiqqan modelidan boshlaymiz:

Ko‘rib turganingizdek, Huawei Mate 40 Pro yakka yadroli sinovda 1001 ball olgan, ko‘p yadroli imtihonda esa 3653 ballik natija ko‘rsatgan.

O‘QING: Benchmarkda bu yangi smartfon Xiaomi’ning eng zo‘r superflagmanini ham tor-mor etdi!

«Xitoycha Apple» hali namoyish qilmagan Xiaomi Mi 11 esa kuni kechagina Geekbench’da sinab ko‘rilgan va biryo‘la Snapdragon 875 chipsetining sirlarini ham fosh etgan edi.

Amerikalik chipsozning kutilayotgan protsessori asosidagi ilk smartfon bo‘lishi kutilayotgan ushbu devays yakka yadroli imtihonda 1105 ball, barcha yadrolarini ishlatganda esa 3512 ball to‘plagan.

O‘QING: Redmi K40 qaysi jihati bilan Xiaomi Mi 11’dan ham ilgarilab ketyapti?

Va nihoyat, Samsung Galaxy S21 modeli janubiy koreyalik korporatsiyaning yangi – Exynos 2100 yordamida quyidagicha ko‘rsatkichlarga erishgan:

Yuqoridagi natijalarni o‘zaro taqqoslaydigan bo‘lsak, bitta yadro ishttirokidagi tekshiruv bo‘yicha Snapdragon 875 protsessori g‘olib, ko‘p yadroli sinovda bo‘lsa Kirin 9000 qo‘li baland kelmoqda.

Biroq xitoyliklarning chipseti allaqachon smartfon bilan birga taqdim etilib bo‘lgani, Qualcomm esa hali o‘z ishlanmasini yakuniga yetkazib ulgurmaganini hisobga olsak, amerikaliklar vakili taqdimotdan keyin har tomonlama liderlikni qo‘lga olishi mumkin, deydi insayder. Exynos 21000 samaradorligining o‘sishini prognoz qilish qiyin, lekin u birinchi o‘ringa chiqishi baribir dargumon.

O‘QING: iPhone 12’ning «nozik joyi»ga Samsung zarba berishi mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!