Geekbench’da keyingi avlod – Snapdragon 8150 flagman protsessorini tekshirib ko‘rishdi!

  •   DiMaX
  •  711
  •  02.11.2018 10:24

Geekbench’da keyingi avlod – Snapdragon 8150 flagman protsessorini tekshirib ko‘rishdi!

Dunyodagi ilk buklama smartfon joriy yilning 31 oktyabrida rasman taqdim etilib, 1 noyabrdanoq sotuvga ham chiqdi. 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashidan tashqari, yana bir muhim jihati – u hali Qualcomm tomonidan rasman namoyish etib ham ulgurmagan Snapdragon 8150 chipida ishlaydi.

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Ushbu yangi protsessor haqida hozircha deyarli hech nima ma’lum emasdi, endi esa Geekbench servisida uni tekshirib ko‘rishgani evaziga, ayrim ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Aytish kerakki, bu – o‘shi birinchi 5G-smartfon bo‘lgan FlexPai emas, balki Snapdragon 8150 chipiga asoslangan noma’lum prototip qurilmadir.

Snapdragon 8150 chipi yangi avlod Kryo yadrolariga asoslanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qualcomm bunda odatdagi 4 + 4 o‘rniga 2 + 2 + 4 ko‘rinishidagi yadrolar sxemasini tanlagan. Uning asosiy raqibi hisoblangan 7 nanometrlik Kirin 980 chipseti ham xuddi shunday uch darajali dizaynga ega. Undagi ikkita yadro eng yuqori samaradorlik uchun qo‘llansa, ikkitasi – doimiy yuklamalar uchun, to‘rtta kichkina yadro esa – maydaroq vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi.

Huawei o‘zining ushbu Kirin 980 chipini kupertinolik gigantning Apple A12 protsessoridan kuchli, deya maqtangandi, ammo amalda...

O‘QING: Eng kuchli protsessorli eng ilg‘or Android-smartfon ham tezkorlikda iPhone XS’ga bas kelolmadi!

Xullasi kalom, amerikalik chipsozning Snapdragon 8150 protsessori o‘z «ajdod»i bo‘lmish Snapdragon 845 chipiga qaraganda yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. Lekin u baribir xitoylik raqibining Kirin 980 chipiga yeta olmagan va, tabiiyki, Apple A12 protsessorini «taxtdan ag‘darish» haqida gapirmasak ham bo‘laveradi.

Mana, Snapdragon 8150 chipining Geekbench’dagi ko‘p yadroli va yakka yadroli sinovlarda ko‘rsatgan natijalari quyidagicha:

Ammo shuni ta’kidlash muhimki, bular – hali dastlabki natijalardir; bu testlarda Snapdragon 8150 maksimal takt chastotasida ishlatib ko‘rilganligi ham noma’lum. Bundan tashqari, mazkur sinovda Snapdragon chipsetining asosiy afzalligi – Adreno grafik protsessori faoliyati ham aks etmagan. Shunday ekan, ushbu chipning samaradorligini baholash uchun navbatdagi, konkret smartfon modelida amalga oshirilgan testlarni kutishga to‘g‘ri keladi.

Raqiblar esa kutib turmaydi – ulardan biri allaqachon Apple A12 protsessoridan ham baquvvat chipini qo‘llay boshlagan...

O‘QING: Eng qudratli yangi protsessor Geekbench’da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!