GeekBench Galaxy A53 5G'ning texnik jihatlarini oshkor qildi

GeekBench Galaxy A53 5G'ning texnik jihatlarini oshkor qildi

SM-A536U model raqamidagi Galaxy A53 5G smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi. GeekBench smartfon Android 12 operatsion tizimida ishlashi va 6GB tezkor xotira ega bo‘lganini ko‘rsatib berdi. Smartfonning 8GB xotiraga ega bo‘lgan turi ham sotuvga chiqishi taxmin qilinmoqda. 

Benchmark taqdim etgan ma’lumotlarning plata bo‘limida “s5e8825“ raqami ko‘rsatilgan bo‘lib, bu Exynos 1200 chipining kod raqami hisoblanadi. Chip ikkita 2.4 gigagertsli hamda oltita 2 gigagertsli yadrolardan tashkil topgan. Markaziy protsessor bilan Mali-G68 grafik protsessori birgalikda ishlaydi. 

GeekBench smartfon haqida boshqa hech qanday ma’lumot bermagan. Avvalroq Galaxy A53 5G qurilmasi 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi AMOLED displeyi hamda 64MP asosiy kameraga ega bo‘lishi ma’lum bo‘lgan edi. Galaxy A52 va A52 5G qurilmalarida bo‘lgan 3.5 mm audio jek esa A53 5G modelidan olib tashlanadi. 

A52 smartfonlari shu yilning mart oyida taqdim etilganini hisobga olsak, Samsung kompaniyasi A53 5G'ning taqdimotini 2022-yilning mart oyida o‘tkazadi. 

O‘QING: Barcha Galaxy S22 smartfonlari bir suratda 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!