Geekbench hali chiqmagan SD865+ protsessorli Galaxy Note 20+ 5G’ni taqdimotdan avval fosh etdi

  •   DiMaX
  •  1060
  •  02.04.2020 14:40

Geekbench hali chiqmagan SD865+ protsessorli Galaxy Note 20+ 5G’ni taqdimotdan avval fosh etdi

Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlarini Samsung hali shu yilning avgust oyidagina namoyish qiladi. Shunga qaramasdan, ularning ayrim xususiyatlari va render suratlari chiqqan, yana...

O‘QING: Yashirin kamerali birinchi Samsung smartfonini ilk bor yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

Geekbench servisida esa allaqachon ushbu smartfonlardan birini tekshirib ham ko‘rishdi. Model raqami SM-N986U bo‘lgan mazkur gadjetning bozorga Galaxy Note 20+ 5G nomi ostida chiqishi aytilmoqda.

Sintetik testning yakka yadroli sinovida u 985 ball, barcha yadrolarini ishga tushirganda esa 3220 ball natija ko‘rsatgan:

Benchmark ma’lumotlar bazasida aks etishicha, Galaxy Note 20+ 5G fableti Android 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Tekshirib ko‘rilgan smartfonning tezkor xotirasi esa 8 gigabaytlik hajmga ega.

O‘QING: «Jonli» test videosi: 16 GB «operativka»li Galaxy S20 Ultra kuchlimi, yoki atigi 4 GBlik iPhone 11 Pro Max?

Bundan tashqari, ushbu smartfon rasman namoyish etilmagan Snapdragon 865+ protsessoriga ega. Qualcomm uni hali shu yilning uchinchi choragida taqdim etishi kutilmoqda.

Bir necha insayderlarning xabar berishiga qaraganda, mazkur chipset jamlanmasidagi yuksak samarador yadroning chastotasi 3.09 gigagersgacha oshiriladi. Amaldagi flagman – Snapdragon 865 protsessorida esa bu ko‘rsatkich 2.84 gigagersga teng.

Galaxy Note 20 turkumidagi planshetofonlarning bozorga One UI 2.5 grafik qobig‘i bilan taqdim etilishi kutilayotir.

O‘QING: Samsung uchta modeldagi flagmanlari egalarini xafa qiladigan bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.