Geekbench yana bir arzon smartfon – Galaxy A02s modelini oshkor etdi

  •   DiMaX
  •  553
  •  26.10.2020 12:18

Geekbench yana bir arzon smartfon – Galaxy A02s modelini oshkor etdi

Samsung kompaniyasining ikkita yangi smartfoni yaqinda «qo‘lga tushgan» edi. Galaxy A02 hamda Galaxy M02 nomli bu ikkita qurilma aslida bitta smartfonning turli hududlarga mo‘ljallangan variantlari bo‘lyapti. Shuningdek...

O‘QING: Tez orada chiqadigan Galaxy M02 arzon smartfoni xususiyatlarini Geekbench fosh qildi

Bu ikkalasidan tashqari, Samsung yana bitta – Galaxy A02s rksumli smartfonini ham taqdimotga tayyorlayapti. Bluetooth SIG sertifikatsiya saytida u Samsung SM-A025G model raqami bilan ro‘yxatga olingani kuni kecha aniqlangan edi, endi esa uni Geekbench’da ham tekshirib ko‘rishdi.

Ushbu qurilma yakka yadroli imtihonda 756 ball, barcha yadrolarini ishlatib tekshirganda esa 3934 ball olgan:

Benchmark ma’lumotlar bazasida aks etishicha, Samsung Galaxy A02s modeli 3 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda Android 10 operatsion tizimiga ega. Uning protsessori qaysi ekanligi aytilmagan, biroq tarkibidagi grafik chip modeliga va test natijalariga qaraganda, bu sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 450 bo‘lsa kerak.

Tabiiyki, bunaqa texnik ko‘rsatkichlarga ega smartfonning narxi ham 100–120 dollar atrofida bo‘ladi. Galaxy A02s dizayni va taqdimot vaqti hozircha aniq emas.

O‘QING: Birinchi «jonli» surat Galaxy S21 kamerasining joylashuvini ko‘rsatdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!