Geekbenchʼda imtihondan o‘tgan Realme 5 Pro'ning asosiy jihatlari oshkor bo‘ldi

Geekbenchʼda imtihondan o‘tgan Realme 5 Pro'ning asosiy jihatlari oshkor bo‘ldi

20-avgust sanasida taqdim qilinishi rejalashtirilgan Realme 5 bir necha kun oldin Geekbench sinovidan o‘tgan edi. Sinovlar uning Snapdragon 665 chipiga egaligi hamda 4 GB operativ xotirada ishlashini aniqlagandi. Endi esa yana bir Realme qurilmasi, Realme 5 Pro ham imtihonga qo‘yildi.

Test natijasida smartfonning bir necha jihatlari: Android Pie'da ishlashi, Snapdragon 710 SoC va 8 GB tezkor xotirasi haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi. Snapdragon 710 chipi Realme 3 Pro'da ham o‘rnatilgan.

Biroq bir jihatni unutmaslik kerak. Geekbench kabi sintetik testlar aksariyat hollarda qurilmalar xarakteristikasini noto‘g‘ri ko‘rsatadi. Oldingi mish-mishlarda Realme 5 Pro Snapdragon 712 CPU'da ishlashi aytilgandi. Demak, to‘rt kamerali smartfon haqidagi qaysi bir ma’lumot to‘g‘ri ekanligini bilish uchun kompaniyadan rasmiy xabar kutishimizga to‘g‘ri keladi.

Realme'dagilar allaqchon 5 Pro'ning ba’zi jihatlarini ma’lum qilgan. Ular orasiga 48 megapikselli Sony IMX586 datchigi VOOC Flash Charge 3.0 quvvatlash texnologiyasi kabilar kiradi. Boshqa ma’lumotlarni seshanba kuni bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Realme'ning 64 megapiksellik smartfoni jonli suratlarda