Geekbench’da yangi rekord: Kirin 980 va Snapdragon 855+ chipli barcha flagmanlar «damini olaversin»!

  •   DiMaX
  •  1960
  •  13.09.2019 11:13

Geekbench’da yangi rekord: Kirin 980 va Snapdragon 855+ chipli barcha flagmanlar «damini olaversin»!

Hali yangi iPhone’lar namoyish etilmasidan oldin ham ular samaradorlik testida yuqori natija ko‘rsatishi prognoz qilinayotgandi. Hatto ulardan eng arzoni taqdimotdan avval Geekbench’da kuchini ko‘rsatgani haqida yozganmiz.

O‘QING: Barcha iPhone 11’larni eng zo‘r Android-flagmanlar bilan bitta jadvalda taqqoslaymiz!

Kutilganidek, yangi ayfonlardan biri Geekbench’da sinab ko‘rilganligi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ldi. Tezkor xotirasi hajmi kichkina ekanligiga qaraganda, bu – iPhone XR (sotib olish) modelining davomchisi bo‘lgan, nisbatan hamyonbop iPhone 11 modelidir:

Eng yangi – Apple A13 protsessori evaziga Apple’ning ushbu smartfoni mazkur benchmarkda rekord natija qayd etdi. U yakka yadroli testda 5472 ball, barcha yadrolari ishtirokidagi tekshiruvda esa salkam 14 000 ball to‘plagan!

Taqqoslash uchun aytib o‘tamiz: xitoylik texnogigantning Kirin 980 protsessorli flagmanlari yakka va ko‘p yadroli testlarda tegishlicha 3200 va 10 000 ball, Snapdragon 855 chipli smartfonlar esa 3500 va 11 000 ballgacha natija ko‘rsatishgan.

Eslatib o‘tamiz – Apple o‘zining yangi avlod smartfonlarini 20 sentyabrdan sota boshlaydi. Hozirgacha global savdoga chiqqan aksariyat iPhone’larni esa 5 650 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!