Geekebench tasdiqladi: Samsung hatto «arzon» flagmaniga ham Snapdragon 888 chipsetini o‘rnatyapti!

  •   DiMaX
  •  678
  •  22.05.2021 12:02

Geekebench tasdiqladi: Samsung hatto «arzon» flagmaniga ham Snapdragon 888 chipsetini o‘rnatyapti!

Samsung kompaniyasi bu yilgi flagmanlarining arzonlashtirilgan versiyasini qachon ommaviy ishlab chiqara boshlashi va namoyish vaqti aytilgan. Shuningdek, Galaxy S21 FE (yoki Galaxy S21 Fan Edition) nomli ushbu qurilma avvalroq surati bilan ishlab chiqaruvchining saytiga ham chiqqan edi.

O‘QING: Snapdragon 865 chipli smartfon 485 dollardan: Galaxy S20 FE yangi versiyada sotuvga chiqdi

Kuni kecha Geekbench servisida SM-G990B katalog raqami ostidagi Galaxy S21 FE smartfoni tekshirib ko‘rilgan. Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlar uning muhim jihatini fosh etdi: garchi arzonlashtirilgan flagman bo‘lsa-da, Samsung unda hozirgi zamonning eng kuchli Android-protsessori – Snapdragon 888 chipsetini qo‘llayapti!

Hamyonbop flagman ushbu benchmarkdagi yakka yadroli sinovda 381 ball, barcha yadrolari ishtirokidagi testda esa 1917 ballik natija ko‘rsatgan. Shuningdek, uning tezkor xotirasi hajmi 6 gigabaytga teng – aftidan, bu bazaviy konfiguratsiyadagi varianti bo‘lsa kerak.

Samsung Galaxy S21 Fan Edition modelining Exynos 2100 protsessorli varianti ham bo‘ladimi yoki yo‘qmi – bunisi hozircha noma’lum. Lekin uning boshqa bir versiyasi ham bo‘ladi...

O‘QING: Hamyonbop flagman – Galaxy S21 FE ikki xilda chiqadi: 4G-versiyasi yanada arzon!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.