Genesis naq 3281 ta dronli shou bilan jahon rekordini o‘rnatdi (video)

  •   DiMaX
  •  390
  •  06.04.2021 16:08

Genesis naq 3281 ta dronli shou bilan jahon rekordini o‘rnatdi (video)

Uchuvchisiz uchish apparatlari bugungi kunda jamoatchilik e’tiborini o‘z mahsulotlariga qaratishni istagan insonlar va kompaniyalarning muhim vositasiga aylanmoqda. Hyundai kompaniyasiga tegishli Genesis brendi Xitoy bozoriga chiqishini tantanali shouga aylantirishga qaror qildi, deb yozadi Daryo.

O‘QING: Toshkentda chegaradan dron yordamida o‘tkazilgan «Makarov» to‘pponchasi xaridorlari ushlandi (video)

Genesis kompaniyasi 29 mart kuni Shanxayda 3281 ta drondan foydalanib, havoda o‘z logotipi va boshqa tasvirlarni hosil qilgan holda Ginnes rekordini o‘rnatdi.

Bundan oldingi rekord 2020 yilning sentyabrida Shenzhen Damoda Intelligent Control Technology kompaniyasi tomonidan 3051 ta dron yordamida o‘rnatilgan edi. Bu orqa kompaniya Rossiyada 2200 ta dron yordamida o‘rnatilgan rekordni yangilagandi.

Dronlar ishtirokidagi bu kabi shoularda uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari odatda dasturiy ta’minot yordamida ma’lum bir shaklni hosil qiladi, masalan, logotiplarni.

Avvalroq Kia kompaniyasi rasman logotipini o‘zgartirganini namoyish etish uchun Inchon shahri osmoniga rekord miqdorda «pirotexnik dronlar»ni uchirgan edi.

O‘QING: DXX ushlagan dron chegaradan nima olib o‘tayotgan edi?