Germaniya: «Uchinchi jahon urushi kibermakonda bo‘ladi, ishtirokchilar ham ma’lum»

  •   DiMaX
  •  1389
  •  21.05.2021 16:21

Germaniya: «Uchinchi jahon urushi kibermakonda bo‘ladi, ishtirokchilar ham ma’lum»

Uchinchi jahon urushi paytida maxfiy qo‘shinlarning to‘qnashuvi yuz beradi. Dunyo tanklar va artilleriya ishtirokidagi janglarsiz kurash olib boradi. Bu haqda Germaniya Baden-Vyurtemberg federal yeri sobiq bosh vaziri, Raqamli iqtisodiyot masalalari bo‘yicha Yevropa sobiq komissari Gyunter Ettinger Handelsblatt gazetasiga ma’lum qilgan, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Tarixda birinchi bor: Isroil kiberhujumga aviazarba bilan javob berdi!

U oxirgi bir necha yil davomida dunyoda bir qancha katta-katta kiberhujumlar sodir bo‘lganligini yodga soldi. 2015 yilda xakerlar Germaniya kansleri Angela Merkelning kompyuterini buzib kirishdi. Bundan tashqari, Irlandiya sog‘liqni saqlash tizimi, AQShdagi Colonial Pipeline va Solarwinds kompaniyalari, shuningdek, Amerika va Germaniyadagi davlat idoralariga hujumlar sodir bo‘lgan. Ettingerning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi ortida Rossiyadan kelgan xakerlar va razvedka agentlari turibdi.

Uning aytishicha, uchinchi jahon urushi haqida bir narsa aniq — u kiber-makonda yuz beradi. Sobiq bosh vazir, shuningdek, sayyoramizning eng yirik kiber kuchlari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Uning tarkibiga Rossiya, AQSh, Xitoy, Isroil va Eron kiradi.

Germaniya kiber mudofaaga e’tibor qaratishi kerak. Chunki mamlakat allaqachon raqiblaridan ancha orqada qolib ketgan. Yevropa Ittifoqi 2021 yildan 2027 yilgacha bo‘lgan davrda kiber-bo‘shliqda himoyalanish uchun atigi bir yarim milliard yevro ajratdi, bu 27 a’zo davlat uchun yiliga 230 million yevro yoki har bir mamlakat uchun o‘n million yevroni tashkil etadi, deb yozadi Ettinger.

O‘QING: Texnologiya olami: 2021 yilda bizni nimalar kutmoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.