Geymer afsonaviy o‘yinning zamonaviy remeykini yasadi va bu jarayonni videoda ko‘rsatib berdi!

  •   DiMaX
  •  1549
  •  21.06.2021 12:51

Geymer afsonaviy o‘yinning zamonaviy remeykini yasadi va bu jarayonni videoda ko‘rsatib berdi!

2016 yilgi statistikaga ko‘ra, Android-qurilmalar foydalanuvchilari o‘z vaqtlarining 21 foizini o‘yin (asosan Angry Birds) o‘ynashga sarflashgan ekan. Mazkur loyiha 2017 yilning eng ommabop va eng qiziqarli bepul Android-o‘yinlari ro‘yxatiga ham kirgan. Hattoki 2019 yilga kelib ham Google nazdidagi eng zo‘r Android-o‘yinlar reytingida shu o‘yin bo‘lgan.

O‘QING: Afsonaviy Angry Birds o‘yini real hayotga o‘tmoqda

YouTube videoxostingidagi Fat Dino nikli kanal egasi Angry Birds o‘yinining birinchi remeykini yaratishga qaror qildi. Havaskor buni nafaqat yakka o‘zi uddaladi, balki o‘yin yaratish jarayonini ham tomoshabinlarga namoyish etib, tayyor bo‘lgach o‘ynab ko‘rsatib berdi!

Angry Birds remeykini yaratish uchun havaskor xuddi professional geymdizaynerlar kabi ish tutgan, jarayonning barcha bosqichlarida Unreal Engine 4 dvijogidan foydalangan.

O‘QING: Istalgan saytdan o‘zingiz veb-ilova yasashingiz mumkin!

Havaskor dastlab tekshirib ko‘rish uchun o‘yinning prototipini yasagan va hammasi ishlayotganiga ishonch hosil qilgan. Keyin esa kamerani sozlagan, interfeys qo‘shgan, so‘ngra barcha badiiy qismini qo‘lda yaratgan.

Geymer shundan so‘ng o‘yinga to‘qnashuvlar, buzilishlar effektlarini, turli qushlarning maxsus qobiliyatlarini, animatsiyalar va boshqalarni qo‘shgan. Natijada esa sifatiga ko‘ra original Angry Birds’dan aslo qolishmaydigan, hatto grafikasi unikidan yuqori bo‘lgan to‘laqonli o‘yin yuzaga kelgan.

Mazkur rolik shunisi bilan ham ahamiyatliki, u million martalab ko‘chirilib olinadigan o‘yinni ham birgina kishi yarata olishi mumkinligini ko‘rsatib bergan. Xo‘sh, siz ham bir urinib ko‘rmaysizmi?

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!