Geymer lavozimida ish bor – maoshi yiliga 41 ming dollar!

  •   DiMaX
  •  2524
  •  28.01.2021 11:53

Geymer lavozimida ish bor – maoshi yiliga 41 ming dollar!

Esingizda bo‘lsa, Opera brauzeri shunchaki ikki hafta internet kavlab o‘tirish uchun 8000 yevro miqdorida maosh belgilab, ishga chaqirgan edi. OPSYS kompaniyasi esa yanada g‘alati vakansiya e’lon qildi – ularga geymer kerak ekan!

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Buyuk Britaniya kompaniyasi bo‘lgan OPSYS kompyuterlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Rasmiy saytidagi e’longa ko‘ra, u o‘z kompyuterlarida turli o‘yinlarni o‘ynab sinab ko‘radigan o‘yinchini ishga olmoqchi. Qizig‘i – talabgordan bunda ish staji so‘ralmaydi.

OPSYS kompaniyasi e’loniga qaraganda, vakansiya «foydalanuvchi tajribasi» bo‘limiga rahbar lavozimiga ochilgan. Talabgorlarni tanlov asosida olishadi va yiliga 30 000 funt sterling va’da qilishyapti. Bu summa taxminan 41 000 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Kompaniya ta’kidlashicha, ularga yakka geymer kerak, ya’ni sheriklikda o‘ynash taqiqlangan. Ushbu vakansiyaga qiziquvchilar nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan mana bu havola orqali tanishib chiqishlari mumkin.

O‘QING: Yaxshi ishga kirmoqchimisiz?