Geymerlarning sevimli qurilmasi: PlayStation 4 tavsifi bilan tanishing!

Geymerlarning sevimli qurilmasi: PlayStation 4 tavsifi bilan tanishing!

Boshqa tizimlardek o‘ta kuchli bo‘lmasa-da, o‘zining ko‘p va keng turdagi o‘yinlar kutubxonasi bilan PlayStation 4 hali ham eng mashhur o‘yin konsollaridan biri sanaladi.

Texnik jihatlari

Asosiy protsessori:
▪︎Chastotasi: o‘rtacha 1.6 GHz (maksimal chastota imkoniyati 2.75 GHz);
▪︎Umumiy L2 kesh: 2 x MB.

•Grafik protsessori:
▪︎AMD keyingi avlod Radeon asosidagi grafik protsessori;
▪︎Yadrolari soni: 8;
▪︎Xotira: 8GB GDDR5;
▪︎Chastotasi: 5500 MHz.

•Tizim xotirasining o‘tkazish imkoniyati: 176.0 GB/s
•Xotira sig‘imi: 500GB, 5200 RPM, qattiq disk
•Vazni: o‘rtacha 2.8 kg.
•BD/DVD-drayv: BD x 6CAV, DVD x 8 CAV, Blu-ray va DVD-pleybek, audio CD qo‘llab-quvvatlanmaydi
•Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish: ikkita o‘ta tezkor USBx (USB 3.0) porti, bitta auks porti
•Bog‘lanish turlari: bitta Ethernet porti, IEEE 802.11b/g/n (2.4GHz), Bluetooth 2.1+EDR
•Qadoqdagi komponentlar: PlayStation 4 tizimi, simsiz kontroler (DualShock 4), mono-quloqchin, o‘zgaruvchan tok quvvatlagichi, HDMI kabeli, USB kabel

•Narxi: 4 955 000 so‘m (sotib olish)

Umumiy baho

PS4 o‘zining nafis dizayni, a’lo darajadagi kontroleri va eng muhimi, toifasining eng zo‘r o‘yinlar bazasi bilan Xbox One'ni yer tishlatib,
Sony'ga hozirgi avlod o‘yin konsollarining yarmiga egalik qilish imkonini yaratdi. Bugunga kelib, nisbatan kuchliroq tizimlardan ortda qolsa-da, PlayStation 4 o‘zining boy o‘yinlar bazasi bilan maqtana oladi. Qisqa qilib aytganda, 1080p o‘yinlar o‘ynashni xohlovchilar uchun PS4 hali ham ajoyib tanlovdir.

Sony PlayStation 3 konsolidan chiqargan saboqlari hamda Microsoft Xbox One'ni yaxshi taqdimot qilolmagani bois PS4 ushbu avlodda dominantalik qilmoqda. Oxirgi olti yildan buyon Microsoft Sony'ga yetib olishga harakat qilayotgan bo‘lsa, PS4 kuchaygandan kuchayib bormqoda.

Sony aql bilan tashlangan qadamlari, ayni vaqtida chiqarilgan kontentlari (masalan, Call of Duty uchun Activision bilan himoyalangan kontentlar) va eksklyuziv nomli bir qator konsolli o‘yinlari (masalan, "O‘rgimchak odam" kabi) bilan yetakchilikni egallab turibdi. PS4, hatto 2019 yilda ham, Rage 2, Sekiro Shadows Die Twice va Tom Clancy's The Division 2 kabi o‘yinlar o‘ynash uchun munosib konsol bo‘lib qolmoqda.

Vaholanki, oxirgi bir necha yillardan buyon Xbox One S, PS4 Pro va Xbox One X'lar musobaqaga kirishishi bilan unikal jihati bo‘lmagan PS4 yetakchilikni biroz qo‘ldan berib qo‘ydi. Shunday bo‘lsa ham, PS4 kuchli va ko‘p funksiyali konsol sanalib, PlayStation oilasining so‘nggi avlod vakillariga qaraganda birozgina ortda qoladi xolos.

PS4'da boshqa konsollardagi barcha o‘yinlar bor, u bilan o‘yin o‘ynash amaliyotingiz ham ajoyib kechadi. Agar televizoringiz 4K tasvirlarni qo‘llab-quvvatlamasa, lekin baribir kuchli konsol sotib olishni xohlasangiz, siz uchun ayni mos konsol bu — PS4'dir.

Hajmi va korpusi

Sony PS4 kuchli o‘yinlar uchun mo‘ljallangan; o‘ta katta hajmga ega bo‘lmagan va nafis ko‘rinishli o‘yin konsoli bo‘lib, 275 x 53 x 305 mm o‘lchamga ega, 2.8 kg tosh bosadi. Bu bilan esa PS3 va undan keyingi PS3 Slim'lardan ko‘ra ixcham va yengilroq. Dizayn borasida PS4'ning Xbox One'ni yo‘lda qoldirishiga shubha yo‘q.

Qora monolit rangli futurustik ko‘rinishga ega konsolning barcha portlari orqa tomonda joylashtirilgan.

Televizor ostiga yoki yoniga o‘rnatasizmi; gorizonaliga yoki vertikal joylashtirasizmi, har qanday pozitsiyada ham qurilma xonaning umumiy ko‘rinishini buzmaydi. Taqqoslash uchun, Xbox One yuzaga faqat gorizontaliga o‘rnashadi.

Orqa tomonda joylashgan barcha ulagichlar raqamli bo‘lib, PlayStation Camera uchun auks (aux) porti, simli internet uchun Ethernet porti, televizor bilan aloqa uchun HDMI porti mavjud.

Old tomonda simsiz kontrolerlarni quvvatlash uchun alohida ikkita USB 3.0 porti bor. Ulardan yuqorida disk porti (6 x Blu-ray, 8 x DVD) ning ikki tomonida diskni chiqarish va quvvat tugmalari joylashgan. Konsolda bog‘lanish turlaridan Wi-Fi va Bluetooth bor; kontrolerlar Bluetooth oraqli qurilma bilan sinxronlashtiriladi.

Sakkiz yadroli Jaguar x86-64 kuchli protsessori va 1.84 TFLOPS AMD Radeon grafik protsessori o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramay, konsolning ichki "organlari" hozirgi avlod boshqa qurilmalariga nisbatan ancha shovqinsiz ishlaydi. Bu bilan butunlay shovqinsiz demoqchi emasmiz, balki o‘yinlar yuklanayotganda va yuklab bo‘linganda ham qurilma juda kuchsiz tovush chiqaradi.

Kontroler

PS4'ni sotib olganingizda qutida bitta DualShock 4 bo‘ladi, lekin har biri $60 turuvchi yana uchta kontroler sotib olishingiz ham mumkin (konsolga jami 4 ta kontroler ulash mumkin). DualShock 4 oldingi avlod kontroleriga qaraganda ancha takomillashtirilgan; umuman olganda, PlayStation'ning eng yaxshi o‘yin padi, deyish ham xato bo‘lmaydi. PS4'ning kontroleri osonlikcha shikastlanmaydi va ayni damda DualShock 3'ga qaraganda biroz og‘irroq.

Tugmalar qatoriga esa analogli ikkita boshqaruv tayoqchasi, har ikki tomondan joy olgan o‘q otish tugmasi va bufer, to‘rtta turli shakldagi harakatlanish tugmalari kiradi. Bir juft boshqaruv tayoqchasi PS3'dagidan qattiqroq (bunga moslashishga biroz vaqt kerak bo‘ladi), bu esa harakatlar aniqroq chiqishini ta’minlaydi.

Avvallari bo‘lgan Tanlash va Boshlash tugmalari o‘rniga bir qancha yangi funksiyalar qo‘shilgan. Birinchisi, "Opsiyalar" nomli surrogat pauza tugmasi bo‘lib, asosiy interfeysda kontekst ma’lumotini ko‘rsatadi, menyudan esa elementlarni o‘chirish vazifasini bajaradi.

Qarama-qarshi tomonda joylashgan "Ulashish" tugmasi bilan ijtimoiy tarmoqlarga o‘yinlaringiz skrinshoti yoki video yozuvini qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi. Akkaunt yaratsangiz esa, hattoki, o‘ynayotgan o‘yinlaringizni jonli efirga chiqarishingiz ham mumkin (striming). Tugmani bir marta bossangiz, skrinshot olinadi va o‘yinning oxirgi 15 daqiqadagi qismi qattiq diskka saqlanadi, keyin esa ulashish oynasi ochiladi. Tugmani uzoqroq bosib turish bilan esa o‘yin amaliyoti xotiraga yozila boshlaydi.

Olingan skrinshotlar hajmi 250Kb atrofida bo‘lsa, videolar 792MB hajmga ega bo‘ladi; istasangiz, ularni Facebook yoki Twitter'da do‘stlaringiz bilan ulashishingiz mumkin bo‘ladi. Biroq skrinshot va videolarni tashqi xotira qurilmasiga ko‘chirib olishning imkoni yo‘q. Yana ularni tahrirlay olmaysiz ham; Xbox One'da esa Upload Studio orqali buning imkoni bor.

Agar o‘yiningizni strim qilmoqchi bo‘lsangiz, Twitch va Ustream'lardan birini tanlab, bu saytlarda akkaunt yaratasiz. Yoki YouTube'da ham jonli efirga chiqarsangiz bo‘ladi.

Kontrolerning akkumulyator quvvati 7 soatga yetadi. Bu DualShock 3'ga qarganda nisbatan kam, lekin qo‘shilgan yangi funksiyalarni inobatga olib bunga ko‘z yumish mumkin. DualShock 4 micro-USB yoki USB kabellar orqali quvvat oladi.

Xulosa

PlayStation 4 hamyonbop narxdagi tezkor, chiroyli dizaynga ega va kuchli o‘yin konsoli hisoblanadi. Uning kontroleri oldingi avlod PS'lariga qaraganda anchayin takomillashgan; o‘yinlar omboridan turli ko‘rinishlardagi o‘yinlarni yuklab olishingiz mumkin.

Sony'dagilar PS4'da bor e’tiborni o‘yin, o‘yin va yana o‘yinga qaratmasdan, konsolga multimedia elementlarini ham qo‘shganligi sabab Netflix va Demand 5 striming ilovalari ham qo‘llab-quvvatlanadi. Bu esa qurilmani xuddi aqlli televizorga aylantiradi.

Shuningdek, PS Vita Masofadan o‘ynash (konsolning butun boshli interfeysi va o‘yin boshqa qurilmangizga Wi-Fi orqali uzatiladi) funksiyasi hech qanday Xbox'da mavjud emas.

Yangi va kuchliroq konsollar, masalan, PS4 Pro'lar ham sotuvda mavjud bo‘lsa-da, PS4'ning shuhrati kamaygan emas. Qahramonimiz 1080p o‘yinlar geymerlari uchun eng yaxshi hamyonbop tanlov bo‘lib qolmoqda.

O‘QING: Premium mahsulotlar ishqibozlari uchun Lenovo taqdim etadi: ThinkPad T480 (to‘liq tavsif)

Xulosa

8.7балл

Кучлилиги

Мультимедиа имкониятлари

Ўйинлар базаси

Контролери

Дизайни

Нархи

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 4 955 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

  • 1080p ўйинлар учун аъло даражадаги консол
  • Аъло даражадаги контолер
  • Нафис дизайн
  • Ўйинларнинг катта базаси
  • Ҳамёнбоп

 Kamchiligi

  • Олдинги версия интерфейсларни қўллаб-қувватламайди
  • PS4'дан кучлироқ тизимлар ҳам бор
  • Ўртача даражадаги мультимедиа имкониятлари