Gigabyte Aero 14 noutbuki NVIDIA GeForce 1060 grafikasi bilan taminlanadi

Gigabyte Aero 14 noutbuki NVIDIA GeForce 1060 grafikasi bilan taminlanadi

Gigabyte kompaniyasi Aero 14 noutbukining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Model o‘yinlar va professional foydalanishga mo‘ljallangan.

3D News nashrining ma’lum qilishicha, noutbuk 14 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan, ekran Quad HD aniqligida (2560 × 1440 piksel). Statsionar ishlash vaqtida noutbukda tasvir  HDMI 2.0 va Mini DisplayPort  portlari orqali 4K formatli monitorlarga chiqarilishi mumkin.

aero1

Gadjet Intel Skylake apparat platformasida yaratilgan, to‘rt yadroli Core i7-6700HQ protsessorida ishlaydi. Unga 32 GBgacha bo‘lgan DDR4-2400 operativ xotira o‘rnatish mumkin. Model NVIDIA GeForce 1060 asosidagi grafik tizim bilan ta’minlangan bo‘lib, mazkur tizim VR Ready toifasiga kiradi va virtual reallik fuknsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

aero2

Gigabyte Aero 14 1 terabaytli M.2 PCIe SSD to‘plagichga ega, Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 4.1+ LE modullari, SD-kart rider va stereodinamiklar bilan quvvatlangan. Windows 10 operatsion dasturida ishlaydi.

Gadjet shu oy davomida sotuvga chiqariladi. Narxiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!