Gigabyte yangi mini-kompyuterni taqdim etdi

Gigabyte yangi mini-kompyuterni taqdim etdi

Gigabyte kompaniyasi mini-kompyuterlar safini kengaytirdi. GB-BACE3000-FT rusumli yangi kompyuter Intel Braswell asosida yaratilgan.

Rasmiy xabarga ko‘ra, qurilmada 14 nanometrli ikki yadroli Celeron N3000 protsessori va Intel HD Graphics grafik tezlatkichi qo‘llangan. 32 Gbayt ichki xotira, 2 Gbayt tezkor xotiraga ega. Mini-kompyuter o‘lchami 114,4 x 107,6 x 56,1 mm.

Shuningdek, Wi-Fi va Bluetooth modullari bor. D-sub va HDMI ulagichlar mavjud. To‘rtta USB 3.0 porti va microSD slot bor. Windows 10 Home operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!