Gigant akkumulyatorli Galaxy M52 5G benchmarkda: hamyonbop smartfonda Snapdragon 888 flagmani?

  •   DiMaX
  •  1184
  •  28.06.2021 16:02

Gigant akkumulyatorli Galaxy M52 5G benchmarkda: hamyonbop smartfonda Snapdragon 888 flagmani?

Samsung kompaniyasining eng ahamiyatli hamyonbop smartfonlaridan biri Galaxy M51 modelidir: unda rekord darajadagi – naq 7000 mA/soatlik batareya qo‘llangan! DxOMark laboratoriyasining akkumulyatorlar reytingida u yetakchi bo‘lgani ham bejiz emas.

O‘QING: Samsung Galaxy M51'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Janubiy koreyalik texnogigan uning davomchisini beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini ham qo‘llaydigan qilib chiqarmoqchi. Samsung Galaxy M52 5G nomi bilan taqdim etlishi kutilayotgan mazkur devays allaqachon Geekbench servisida tekshirib ham ko‘rilgan.

Benchmarkning ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlarga qarasak, bu telefonning texnik xususiyatlari g‘alati. Ya’ni, unda apparat ta’minotining asosi sifatida kodli nomi Lahaina bo‘lgan platforma ko‘rsatilgan, bu esa Snapdragon 888 protsessoriga tegishli. Biroq uning samaradorligi ham, tegishlicha 1,8 hamda 2,4 GGs chastotada ishlovchi, har biri to‘rtta yadrodan iborat bo‘lgan ikkita klasterning tafsilotlari ham Qualcomm kompaniyasining ushbu flagman chipsetiga o‘xshamaydi.

Samsung Galaxy M52 5G yakka yadroli mtihonda 777 ball, ko‘p yadroli testda esa 2868 ball olgan; bu esa Snapdragon 865/870 protsessorlarining ko‘rsatkichlaridan ham past. Bunaqa natijani Snapdragon 778G/780G chipsetlari ko‘rsatishi mumkin, protsessor klasterlarining tavsiflari ham shunga mos keladi. Bu smartfonning o‘rta narx toifasiga mansub bo‘lishi hisobga olsak, unda ushbu chiplardan biri qo‘llanishi mantiqan to‘g‘ri ham.

Manbalarning yozishicha, Galaxy M52 5G shu yilning oxirrog‘ida Yevropada sotuvga chiqadi hamda qora, oq va tzq ko‘k tusli korpuslarda taklif etiladi. Samsung uning bosh kamerasida 64 megapikellik asosiy modul hamda keng burchakli ob’yektivga ega bo‘lgan 12 megapiksellik datchik, selfi uchun esa 32 megapiksellik sensor qo‘llaydi. Shuningdek, bu smartfon o‘z «ajdod»idan 7000 mA/soatlik akkumulyatorni ham meros qilib olishini kutish mumkin.

O‘QING: Galaxy S22’lar haqidagi bu ma’lumotlar Samsung fanatlarini xursand qilmaydi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.