G‘ilof asosida Redmi K50 Pro'ning renderlari yaratildi

G‘ilof asosida Redmi K50 Pro'ning renderlari yaratildi

Xiaomi fevral oyida Redmi K50 seriyasini taqdim etishi kutilmoqda. Aytishlaricha, seriyadan to‘rtta smartfon o‘rin oladi. 

Kecha Redmi K50 Pro uchun mo‘ljallangan g‘ilof suratlari internetda paydo bo‘ldi. G‘ilof smartfonning orqa paneli hamda kamera moduli dizayni qanday bo‘lishini ko‘rsatib berdi. 

Surat paydo bo‘lgandan ko‘p o‘tmay, u asosida smartfonning renderlari tuzib chiqildi. Renderlardan ko‘rishimiz mumkinki, K50 Pro tashqi ko‘rinishidan ko‘proq Xiaomi Civi smartfoniga o‘xshab ketadi. Kameralarning uchburchak holda joylashgani esa vivo X60 seriyasini eslatib yuboradi. 

Redmi K50 smartfoni yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. Biroq bu unga LCD displeyi o‘rnatiladi degani emas. Odatda Xiaomi o‘z smartfonlarini AMOLED displeyi bilan jihozlasa ham, ularga yon tomonda joylashgan barmoq izi skanerini o‘rnatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 6.67 dyuymli FullHD+ rezolyusiyadagi displeyga ega bo‘ladi. 

Suratdagi g‘ilof smartfonning yuqori qismida bitta mikrofon va infraqizil port, pastki qismda esa USB-C porti, mikrofon va dinamik borligini ko‘rsib bergan. Bundan xulosa qilish mumkinki, smartfonda 3.5mm audio jek bo‘lmaydi. 

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 11S smartfoni chiqmoqda