G‘iloflar iPhone 14 modellarining hajmini ko‘rsatib berdi

G‘iloflar iPhone 14 modellarining hajmini ko‘rsatib berdi

Sentyabr oyida Apple kompaniyasi iPhone 14 seriyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Yangi seriyada mini modeli bo‘lmaydi. Kompaniya uni Pro bo‘lmagan Max modeli bilan almashtiradi. 

Weibo'da e’lon qilingan suratlardan so‘ng DuanRui ham Twitter'ga ushbu suratlarni joyladi. iPhone 14 va iPhone 14 Pro modellarining displey hajmi 6.1 dyuymni, iPhone 14 Max va Pro Max modellariniki esa 6.7 dyuymni tashkil qiladi. 

DuanRui, shuningdek, iPhone 13 Pro Max va 14 Pro Max modellarining g‘iloflarini yonma-yon joylashgan holda ularning kamera moduli hajmini o‘lchab ko‘rdi. Unga ko‘ra, iPhone 14 Pro Max modelining kamera moduli biroz kattalashgan. Demak, yangi modelning kameralarida sezilarli o‘zgarish bo‘ladi. 

Avvalgi ma’lumotlarda iPhone 14 Pro modellarining asosiy kamerasi 48 megapiksel bo‘lishi hamda selfi kamera ham sezilarli darajada takomillashishi aytilayotgan edi. Dizayn jihatidan yangi seriyada ko‘zga tashlanadigan o‘zgarish bo‘lmaydi. Ya’ni qurilmalarning orqa va old paneli, shuningdek, romlari tekkis bo‘ladi. Pro modellarda displeydagi esa Face ID va selfi kamera joylashgan panel ikkita tirqishli datchiklarga o‘zgaradi. 

Ba’zi manbalarda iPhone 14 Pro va Pro Max modellari yangi A16 Bionic chipi bilan, oddiy modellar esa iPhone 13 seriyasi kabi A15 Bionic chipi bilan jihozlanishi aytilmoqda. Bu yil ham Apple kompaniyasi Pro modellarni ishlab chiqarishga asosiy e’tiborini qaratmoqchi.

O‘QING: iPhone 14 qachon taqdim qilinishi aytildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!